Текст песни
Nishonimga bitgan davrimni, Koʼzingga tor qilsa olamni. Shu ezilgan yurak kinamni, Mehri bilan oʼragan ukam. Yiqilganda suyagan ukam. Qoyar boʼlsam bir kun bardam, Hayot qizgʼansa gar zardan. Bu dunyoning tashvishlardan, Akasini ayagan ukam. Yiqilganda suyagan ukam. Ayagan ukam, ayagan ukam. Akasini ayagan ukam. Mehri bilan umrim bezatgan, Xatolarim boʼlsa tuzatgan. Mehri bilan umrim bezatgan, Xatolarim boʼlsa tuzatgan. Nasibasini menga uzatgan, Yoʼq kunda yaragan ukam. Yiqilganda suyagan ukam. Yon atrofim toʼlsa ganimga, Qalqam menda koʼngli yarimga. Oʼgil-qizim farzandlarimga, Baxtu yuqbol tilagan ukam. Yiqilganda suyagan ukam. Ayagan ukam, ayagan ukam. Akasini ayagan ukam. Doʼst degani qanim tatganda, Boʼgʼzimda zar soʼzim qatganda. Boshim balishlarga botganda, Bemorlikda qaragan ukam. Yiqilganda suyagan ukam. Parvardigor yolgʼiz panohim, Erkamdadur savob-gunohim. Parvardigor yolgʼiz panohim, Erkamdadur savob-gunohim. Haq siylasin seni ilohim, Akasini ayagan ukam. Yiqilganda suyagan ukam. Ayagan ukam, ayagan ukam. Akasini ayagan ukam. Yiqilganda suyagan ukam.
Bahodir Mamajonov — Ukam
«Ukam» — Bahodir Mamajonov. Читайте текст песни и подпевайте с караоке-подсветкой: строки текста подсвечиваются в такт музыке. Слушайте онлайн бесплатно или скачайте mp3. Длительность записи — 5:05. Жанр — Поп.
