Текст песни
Bu soz Men bilan bir tan, Bir jon, Azizlarim, Meni ayirmang undan. Bu kuy Yuragimning otash o'tidan Har nafasga bir qilib marjon kabi tizib qo'yilgan. Baxtdan bir dard, Sevgidan g'am, O'limlikdan bir sanoat izlab topsam ham. Azizlarim, Mendan aslo voz kechib ko'rmang. Mendan nodon, qabih, noshukur ni qidirming. Axir bu soz men bilan bir tan, Bir jonda bo'lib, to'qqiz oy haroratim sezib Egiz tug'ilgan. Agar sinib bag'rim ming parcha, Tomirimda ishq o'rniga alamlar oqsa, Ko'zdan zar dob, So'zdan zaharlar, Azizlarim, Yolvoraman, Voz kechmang undan. Axir bu so'z Sizni nigohingiz sabosini tinglab etilgan. Menga bir viqor emas, Bir choparlik peshonamga yozilgan. Dardim yutib, Sizga darmon bo'lish Bir dardkashlik bitilgan. Samolarga oshiq emas, Oshiqlariga oshno bo'lish yetilgan. Bu dard Menga bilmam kim tomondan berilgan. Lekin, azizlarim, Mendan kechgan dam biling shuni: Men hali hamon borman nima bo'lsa ham. Men hali hamon sizdan hech qachon Voz kechmaganman.
Shohruhxon — Sevgi (Monolog)
«Sevgi (Monolog)» — Shohruhxon. Читайте текст песни и подпевайте с караоке-подсветкой: строки текста подсвечиваются в такт музыке. Слушайте онлайн бесплатно или скачайте mp3. Длительность записи — 3:01. Жанр — Поп.
