Текст песни
Yarim tunda ag'risam, bir zot dardimni bildi. Mushtiparim munisam, onam qo'ng'iroq qildi. Tushimga kiribsande, sal og'rib qolibsande, Qay xolda yuribsande, onam qo'ng'iroq qildi. Yoru do'sting dardi zer, Faqat onam gamim ye. Bolam, amanmisan deb onam qo'ng'iroq qildi. Yoru do'sting dardi zer, faqat onam gamim ye. Bolam, amanmisan deb onam qo'ng'iroq qildi. Yilda bir yuz ko'rmadim, nega yo'qlab qo'ymadim. Qo'ng'iroq ham qilmadim, onam qo'ng'iroq qildi. So'zlari yo'talgan ovoz, darddan qilmas E'tiroz. Mani o'ylaydi xalos, onam qo'ng'iroq qildi. O'yalib ketdim o'zim, yoshlandi ikki ko'zim. Bo'g'zimdan chiqmas so'zim, onam qo'ng'iroq qildi. Mehri ko'p men satanga, yurak yondi alanga. Sog'am bor deb bolanga onam qo'ng'iroq qildi. So'rab nolu holimni, Turmushimni, karimni, Qizim deydi yorimni, onam qo'ng'iroq qildi. Arib ketdim kulfatdan, tark etdi dard g'urbatdan. G'animat shu suhbatdan, onam qo'ng'iroq qildi. Telefonni sindiray, Diydoriga ulguray. Men yoniga yuguray, onam qo'ng'iroq qildi. Men yoniga yuguray, onam qo'ng'iroq qildi. Men yoniga ulguray, Onam Qo'ng'iroq qildi.
Doston Ergashev — Onam qo'ng'iroq qildi
«Onam qo'ng'iroq qildi» — Doston Ergashev. Читайте текст песни и подпевайте с караоке-подсветкой: строки текста подсвечиваются в такт музыке. Слушайте онлайн бесплатно или скачайте mp3. Длительность записи — 3:23. Жанр — Поп.
