Текст песни
Buni hayot deydi, unda armon ko'p. Tamizni bilmagan Ahli nodon ko'p. Suyib, turib, kuyib yurgan inson sen. Ko'ksimda fig'onsan, Kechikkan ko'ngil. Yolg'iz afsus chekib, tanho yig'laysan. Kiprikda marjonsan, kechikkan ko'ngil. O'zingga ham ahil, o'zing sig'maysan. O'rtangan bir jonsan, kechikkan Ko'ngil. Buni hayot deylar, San'atsiz bo'lmas. Fitnasiz dunyo yo'q, faryadsiz Bo'lmas. Ko'ksimda fig'onsan, Sevgisiz bo'lmas. Adashgan mehmonmiz, kechikkan Ko'ngil, kechikkan Ko'ngil. Gul qurib yonadi, O't olsa to'qay. Har kim ham o'zicha kun ko'rib o'tgay. Lekin sen baribir dunyoga o'gay. Adashgan mehmonsan, kechikkan ko'ngil. Umidni so'ldirab taqdirning qori. Hijronda titraydi Yuraklar zori. Ne iloj suyganing birovning yori. Gul ko'rmay hazonsan, kechikkan Ko'ngil. Buni hayot deylar, San'atsiz bo'lmas. Fitnasiz dunyo yo'q, faryadsiz Bo'lmas. Ko'ksimda fig'onsan, Sevgisiz bo'lmas. Adashgan mehmonmiz, kechikkan ko'ngil, Kechikkan ko'ngil. Buni hayot deylar, San'atsiz bo'lmas. Fitnasiz dunyo yo'q, faryadsiz Bo'lmas. Ko'ksimda fig'onsan, Sevgisiz bo'lmas. Adashgan mehmonmiz, Kechikkan ko'ngil, Kechikkan ko'ngil.
Yulduz Usmonova — San'atsiz bo'lmas 2024
«San'atsiz bo'lmas 2024» — Yulduz Usmonova. Читайте текст песни и подпевайте с караоке-подсветкой: строки текста подсвечиваются в такт музыке. Слушайте онлайн бесплатно или скачайте mp3. Длительность записи — 4:22. Жанр — Поп.
