Текст песни
Keldik ketakmiz, Kelishar ketar. Nechun buncha ahvoq yugur-yugurlar. Allohning bergani barchaga yetar. Xudbinlikni qo'ying, insof bergurlar. Bizlardan oldin ham bo'lgan bu dunyo Va bizdan keyin ham qolar begumon. Yelkamizga ortig' ketolmaydigan Boylik deya umrni etmaylik xazon. Pul, pul, pul, puldan vafo kutmanglar. Pul topdim deb haddan oshib ketmanglar. Olmoq bor ki, bermoq ham bor dunyoda. Bu dunyodan afsus bilan O'tmanglar. Balki bugun sizda qudrat bor, kuch bor. Qo'l cho'zsangiz yetar hatto oyga ham. Biling, hech bir ne'mat mangu berilmas Sizdan qudratliga, sizdan boyga ham. Kibrga berilmang men zo'rman deya. Zo'rlarning eng zo'ri yagona tanho Yaratgan Ixtiyor qilmasa agar Bo'g'zingizdan nafas o'tmaydi hatto. Pul, pul, pul, pul, puldan vafo kutmanglar. Pul topdim deb haddan oshib Ketmanglar. Olmoq bor ki, bermoq ham bor dunyoda. Bu dunyodan afsus bilan O'tmanglar. Bugun, Erta, indin, Qachondir bir kun Vaqt-soatingiz topganda yakun Foyda berarmikan Yig'gan pulingiz Umrni Bir kunga cho'zdirmoq uchun? O'tkinchi dunyo deb qiynamang jonni. Hamisha pokiza saqlang vijdonni. Qimmatbaho kiyim, tillo-zarlar mas, Yaxshi amallar bezar insonni.
Mashhur Muhammad — Pul
«Pul» — Mashhur Muhammad. Читайте текст песни и подпевайте с караоке-подсветкой: строки текста подсвечиваются в такт музыке. Слушайте онлайн бесплатно или скачайте mp3. Длительность записи — 4:17. Жанр — Поп.
