Текст песни
Joninga jon bo'lar insonlar dunyoda kamdir, Ey dost. Ham yonda pul bo'lsa mingtasi yoningda jamdir, Ey dost. O'n beshi qorong'u, o'n beshi yorug'dir bu Olamning. Yarmi shodlik bo'lsa, qolgani tashvishu g'amdir, Ey dost. Zor bo'lsang, ko'rolmas. Zar bo'lsang, berolmas oshnolar bor. Yoningda yurib ham har lahza qoningga Tashnalar bor. Davlating borida soyanga ham salom Berganlardan. Nochor qolganingda oqibat kutmagin Bari bekor. Borsanu yo'qday san, nazarga ilmaydi hech kim, Hech kim. Ko'rinmay ketsang ham axtarib kelmaydi hech kim, Hech kim. Hech kimga qiziqmas ko'ksingni tirnaydi ne Hazratlar. Ko'rinmas odamsan borliging bilmaydi hech kim, Hech kim. Boringni bergan ul yoring xabar olmas Holingdan ham. Nahotki bebaho joning arzon bo'lsa Molingdan ham. Odamlar ne qilsa qilsinlar ularga Parvo qilma. Yaratgan qo'llasa dunyoda bo'lmaysan hech Kimdan kam. Umiding so'ndirma, eng yaxshi davronlar Qaytar bir kun. Bevafa do'stlaring madhingga alyorlar Aytar bir kun. Guzallar qaytadan parvana bo'lishar Atrofingda. Ko'ksingdan itargan kimsalar bag'riga tortar Bir kun. Borsanu yo'qday san, nazarga ilmaydi hech kim, Hech kim. Ko'rinmay ketsang ham axtarib kelmaydi hech kim, Hech kim. Hech kimga qiziqmas ko'ksingni tirnaydi ne Hazratlar. Ko'rinmas odamsan borliging bilmaydi Hech kim.
Mashhur Muhammad — Ko'rinmas odam
«Ko'rinmas odam» — Mashhur Muhammad. Читайте текст песни и подпевайте с караоке-подсветкой: строки текста подсвечиваются в такт музыке. Слушайте онлайн бесплатно или скачайте mp3. Длительность записи — 4:17. Жанр — Поп.
