Текст песни
Ey do'stim, Ey do'stim. Davlating, imkoning bo'lsa, Tulporing choparga maydoning bo'lsa, Manziling kuzlagan karvoning bo'lsa, Eng avval otangni qadrini bilgin. Eng avval onangga yaxshilik qilsang. Zeb zinat ustunmas ota onangdan, Mol davlat ustunmas ota onangdan, Hashamat ustunmas ota onangdan, Maishat ustunmas ota onangdan. Eng avval otangni qadrini bilgin, Eng avval onangga yaxshilik Qilsang. Bugun kadah tutib turgan dilbarlar, Yiqilsang bir kunda tashlab ketarlar. Odam bo'lib ortga solgil bir nazar. Eng avval otangni qadrini bilgin. Eng avval onangga yaxshilik qilsang. Oq boq sochlari-da sabr beshigi, Ajillar qatori jabr beshigi. Biz ochib kirmasak mehr eshigi, Tarsillatib yopsak qadr eshigi, Ulgur ochilmasdan qabr eshigi. Eng avval otangni qadrini bilgin. Eng avval onangga yaxshilik qilsang. Ey do'stim, Ey do'stim. Davlating, imkoning bo'lsa, Tulporing choparga maydoning bo'lsa, Manziling kuzlagan karvoning bo'lsa, Eng avval otangni qadrini bilgin. Eng avval onangga yaxshilik qilsang. Bu dunyo olam dur, bu dunyo o'yin. Bugun yutsak, erta yutqazish tayin. Boshqa ishingni qo'y ey ahat tayyum. Eng avval otangni qadrini bilgin. Eng avval onangga yaxshilik qilsang. Bor boyligu naqding shular emasmi? Bor davlatu taxting shular emasmi? Axir sening baxting shular emasmi? Eng avval otangni qadrini bilgin. Eng avval onangga yaxshilik qilsang. Ey do'stim, Ey do'stim. Davlating, imkoning bo'lsa, Tulporing choparga maydoning bo'lsa, Manziling kuzlagan karvoning bo'lsa, Eng avval otangni qadrini bilgin. Eng avval onangga yaxshilik qilsang. Eng avval otangni qadrini bilgin. Eng avval onangga yaxshilik qilsang.
Botir Qodirov — Ey do`stim
«Ey do`stim» — Botir Qodirov. Читайте текст песни и подпевайте с караоке-подсветкой: строки текста подсвечиваются в такт музыке. Слушайте онлайн бесплатно или скачайте mp3. Длительность записи — 4:44. Жанр — Фолк.
