Текст песни
Для этой песни доступен текст без караоке-подсветки.
Sotqinlikni ish bilgan, Ortga tortar chuloqlar. Xarom ishni kasb qilgan, Zamonaviy quloqlar. Aybingiz poylab yurar. Yolg‘ondan bir hol surar. Tayyorga ayyor turar, Tulki sifat quloqlar. Favqulotda xatardan. Olov purkar ajdardan. Xavfli erur radardan, Diqqat, bordir quloqlar. Oramizda yuradi. Do‘stga o‘xshab turadi. Ortdan pichoq uradi, Or-nomussiz quloqlar. Paytni poylab yotadi. Balchiqqa ham botadi. Sotqin kabi sotadi, Kasbi axir quloqlar. Yuzga niqob taqadi. Ayting kimga yoqadi. Shunday ruzg‘or boqadi. Eh vijdonsiz quloqlar. Shayton bilan oshlaydi. Sizga tashvish boshlaydi. Bilmam qachon tashlaydi, Bu ishini quloqlar. Bilmas ular insofni. Sotgan nomus, vijdonni. Ogoh bo‘ling atrofni, Bosib ketgan quloqlar.
Saidxon UZ — Quloqlar
«Quloqlar» — Saidxon UZ. Читайте текст песни, слушайте запись онлайн бесплатно или скачайте mp3. Длительность записи — 2:20. Жанр — Поп.
