Текст песни
Для этой песни доступен текст без караоке-подсветки.
Yor sevganim, ko‘kdagi mohim, Ko‘nglimdagi tanho hamrohim, Sokingina dildagi ohim, Sevgim qadrin, arzon bilibsiz! Nahot ahtlar sotildi pulga, Aldandimi ko‘nglingiz gulga, Nima deyman bechora dilga, Sevgim qadrin, arzon bilibsiz! Dog‘ladingiz ko‘nglimni dildor, O‘ldirdingiz har kunda ming bor, Beorginam, sizni desam yor, Sevgim qadrin, arzon bilibsiz! Tilim-tilim ko‘ksim shikasta, Men oshiqman, yuragim hasta, Siz savdogar, biram orasta, Sevgim qadrin, arzon bilibsiz! Arzon arzon, arzon bilisiz, Sevgi dardin oson bilibsiz, O‘yin qilib, sevgan yurakni, Umid berib, bekor qilibsiz! Qastlashmadim, qayg‘uga ko‘ndim, O‘tmishimni bag‘rimga ko‘mdim, Alam-alam, ko‘zlarim yumdim, Sevgim qadrin, arzon bilibsiz!
Saidxon UZ — Arzon Bilibsiz
«Arzon Bilibsiz» — Saidxon UZ. Читайте текст песни, слушайте запись онлайн бесплатно или скачайте mp3. Длительность записи — 3:25. Жанр — Поп.
