Текст песни
Для этой песни доступен текст без караоке-подсветки.
Minnat qo'lda berilgan, Saхovatdan qo'rqaman, Poklikda, isrof bo'lgan Taxoratdan qo'rqaman, Ko'rib qancha odamni, Masjid borar qadamni, Tutib goho yoqamni, Ziyoratdan qo'rqaman. Men emas, Alloh bilgan, Yurak bag'rimni tilgan, Savobmas, sarob bo'lgan, Gunohlardan qo'rqaman... Qo'rqaman malomatdan, Har qanday alomatdan. Oxirimni ne bilmasman, Qiyomatdan qo'rqaman... Oilasini, xor qilgan, Parcha nonga, zor qilgan, Begonani yor bilgan, Otalardan qo'rqaman... Ota yoqasin tutgan, Onasi, intizor kutgan, Kimligini unutgan, Farzandlardan qo'rqaman. Va'dalardan so'z ochgan, Ib-lis sifat nur sochgan, Asta bildirmay qochgan, Shaytonlardan qo'rqaman. Jigarlar, yiroq bo'lgan, Diydori, firoq bo'lgan, Umri, sarg'ayib so'lgan, Mahzunlardan qo'rqaman... Birov haqqi demagan, Halol luqma yemagan, Haqqa yaqin kelmagan, Kazzoblardan qo'rqaman. Qo'rqaman malomatdan, Har qanday alomatdan. Oxirimni ne bilmasman, Qiyomatdan qo'rqaman... Men emas, Alloh bilgan, Gunohimni O'zi bilgan. Rahmatingdan ayirma, Ey Rabbim... qo'rqaman...
Saidxon UZ — Qo'rqaman
«Qo'rqaman» — Saidxon UZ. Читайте текст песни, слушайте запись онлайн бесплатно или скачайте mp3. Длительность записи — 2:48. Жанр — Поп.
