Текст песни
Для этой песни доступен текст без караоке-подсветки.
Xotiralar tinchlik bermaydi, Tunlar bedor halovatim yoʻq. Yondiradi rahm qilmaydi, Sogʻinch degan misoli bir choʻgʻ. Koshki uni sevmasam edi, Yonib tamom boʻldim vaslida. Xotiralar boʻlmasa edi, Tun ham guzal boʻlar aslida. Yulduzingman derding porlagan, Qaysi osmon toqida qolding. Oʻzing eding ishqqa chorlagan, Yuragimga muhabbat solding. Na oy boʻlding qaro tunimda, Ayt kimlarga qoldirib ketding. Sogʻinyapman har bir kunimda, Qay manzilga qaylarga yetding Tun ham goʻzal edi aslida, Xotiralar qilmoqda taʼqib. Sevgi sayli bahor faslida, Dilsizlarga aylading raqib. Qanotim yoʻq uchib ketgani, Taqib qilar meni sensizlik. Jurʼating yoʻq balki aytgani, Qiynar balki seni mensizlik.
Saidxon UZ — tun ham go'zal
«tun ham go'zal» — Saidxon UZ. Читайте текст песни, слушайте запись онлайн бесплатно или скачайте mp3. Длительность записи — 4:01. Жанр — Поп.
