Текст песни
Для этой песни доступен текст без караоке-подсветки.
Qaytib kelsa oʻn olti yoshim, Siqilmasdim hech bitta kamga. Chiqmay qoldi tashvishdan boshim, Qaytgim kelar bolalik damga. Dunyo, bitmas sinovlaring bor, Tinch qoʻy meni, kel, qoʻyib yubor. Oʻyinqaroq oʻsha begʻubor, Qaytgim kelar bolalik damga. Ota hovli - eng goʻzal oshyon, Yodimizdan chiqmaydi har on. Bir moʻjiza berilsa imkon, Qaytgim kelar bolalik damga. Gʻam-tashvish yoʻq oʻsha kunlarga, Yulduz sanab oʻtgan tunlarga. Sinfdoshlar, maktab yillarga, Qaytgim kelar bolalik damga. Oʻsha maktab orqasida bogʻ, Doʻst edik-da, eng yaqin oʻrtoq. Ilk muhabbat kurtak yozgan chogʻ, Qaytgim kelar bolalik damga. Sodda edik, begʻubor edik, Oʻynab-kuldik, yoshlik bu dedik. Katta boʻldik, qadrini bildik, Qaytgim kelar bolalik damga. Ulgʻayar lek unutmas sira, Oʻzgacha bir oʻrni bordira. Eng chiroyli, shirin xotira, Qaytgim kelar bolalik damga. Qaytib kelsa oʻn olti yoshim, Siqilmasdim hech bitta kamga. Chiqmay qoldi tashvishdan boshim, Qaytgim kelar bolalik damga.
Saidxon UZ — Qaytgim kelar bolalik damga
«Qaytgim kelar bolalik damga» — Saidxon UZ. Читайте текст песни, слушайте запись онлайн бесплатно или скачайте mp3. Длительность записи — 4:00. Жанр — Поп.
