Текст песни
Chaqaloq yig'isin eshitsam har gal, Yuragim entika urib ketadi. Farzandim yo'qligi bilinib shunda, Alamda yuragim yulib ketadi. Do'stlarim yetaklab yursa farzandim, Havas bilan ma'yus boqib qolaman. Yaqinlar erkalab suysa dilbandim, Bezmanda deb qalbim yoqib qolaman. Do'stlarim o'g'liga to'ylar qilishsa, Shunchalar ularga havasim kelar. Bolam uchun deya uylar qurishsa, Farzandsiz ekanim bag'rimni etilar. Allohim bunchalar qiynaysan meni, Yana aytgin qancha sinovlaring bor. Tirnoqqa zor qilib o'rtaysan meni, Aytgin yana qancha qiynoqlaring bor. Umidsizlik bizni yutib ketmasin, Umrimiz befarzand o'tib ketmasin. Isyon qilmoq gunoh, chidamoq og'ir, Hayot qo'lga tayyor tutib ketmasin. Farzandim erkalab bag'rimga quchib, Opichlab ko'tarish nasib etarmi? Ota bo'lish menga aytgin Allohim, Bir kunmas bir kuni Nasib bo'larmi? Hayot egib qo'yma yuzimni yerga, To'ylar qilib beray do'stlarga elga. Ota deb yonimda suyanchiq bo'lsin, Qarganda bo'lam yonimda birga. Hech kimsa farzandga zorlar bo'lmasin, Ko'ziga dunyolar yorlar bo'lmasin. Ketar chog' ortidan birizi bo'lsin, Farzand ber o'g'ilmi Yok qizi bo'lsin.
Saidxon UZ — Tirnoq bir kun nasib etarmi
«Tirnoq bir kun nasib etarmi» — Saidxon UZ. Читайте текст песни и подпевайте с караоке-подсветкой: строки текста подсвечиваются в такт музыке. Слушайте онлайн бесплатно или скачайте mp3. Длительность записи — 3:27. Жанр — Поп.
