Текст песни
Для этой песни доступен текст без караоке-подсветки.
Bu yoʻllarda oldin tuproq tosh bor edi Aqlim olgan bitta qalam qosh bor edi Oʻsha Dilbar menga juda yoqar edi Bolaligim qolib ketgan koʻchalarda Sogʻinaman uzun-uzun kechalarda Tongda turib hovlisiga separdi suv Suvday zilol edi suvlar sepgan suluv Yuragimga solib qoʻygan edi gʻuluv Bolaligim qolib ketgan koʻchalarda Sogʻinaman uzun-uzun kechalarda Aytolmadim dilda qolgan aytarimni Sezar edim ketsam bir kun qaytarimni Nima qildi ekan yozgan xatlarimni Bolaligim qolib ketgan koʻchalarda Sogʻinaman uzun- uzun kechalarda Baʼzan yurak sanchib qolar mungli kuydan Hech oʻzimga kelmadim men oʻsha toʻydan Izlarini izlab yurdim daryo boʻydan Bolaligim qolib ketgan koʻchalarda Sogʻinaman uzun-uzun kechalarda
Saidxon UZ — Qolib ketdi bolaligim
«Qolib ketdi bolaligim» — Saidxon UZ. Читайте текст песни, слушайте запись онлайн бесплатно или скачайте mp3. Длительность записи — 4:45. Жанр — Поп.
