Текст песни
Для этой песни доступен текст без караоке-подсветки.
Dunyo ajib tomosha boʻldi, Bachkana va buzuqqa toʻldi. Jinnilarning zamoni keldi, Odamlarga nima boʻlyapti? Xarob qilar oʻzini oʻzi, Ayshu ishrat kuchada koʻzi. Bolasiga oʻtmaydi soʻzi, Odamlarga nima boʻlyapti? Atrof toʻla razolat nafrat, Bir-biridan izlaydi manfat. Unut boʻldi mehr muhabbat, Odamlarga nima boʻlyapti? Toʻgʻri soʻzni soʻzlamay qoʻydi, Oʻqib ilm izlamay qoʻydi. Ohiratin oʻylamay qoʻydi, Odamlarga nima boʻlyapti? Kucha-kuyda yurar ayoli, Egri yoʻlning turar uvoli. Pul topishda faqat hayoli, Odamlarga nima boʻlyapti? Dunyo sirkka aylandi chindan, Haqiqat yoʻq chiqmaydi qindan. Xabari yoʻq diyonat dindan, Odamlarga nima boʻlyapti? Odamiylik yaxshilik oʻldi, Boylar yetim oʻstidan kuldi. Poraxurga, sutxoʻrga toʻldi, Odamlarga nima boʻlyapti? Ilmsizmiz bilim oldikmi? Ilmliga qoʻloq soldikmi? Qiyomatga yaqin qoldikmi? Odamlarga nima boʻlyapti?
Saidxon UZ — odamlarga nima bo'lyapti
«odamlarga nima bo'lyapti» — Saidxon UZ. Читайте текст песни, слушайте запись онлайн бесплатно или скачайте mp3. Длительность записи — 3:23. Жанр — Поп.
