Текст песни
Для этой песни доступен текст без караоке-подсветки.
Men uchun notanish emas bu raqam, Shunchaki so‘zlolmam.. sokin, xotirjam. Alamim bo‘g‘zimda, ketganim alam, Netayin ? Seni men unutolmadim ! Qo‘ng‘iroq qildim-u jur’at yetmadi, Lablarim titratgan hadik ketmadi, Sog‘indim ! Hayotim baxtli o‘tmadi, Netayin ? Seni men unutolmadim ! Sog‘indim deyolmam, sog‘indim juda, Yashadim qadringni bilmay behuda, Senga aytolmayman faryodim dodim, Netayin ? Seni men unutolmadim! Yodimda kulgancha, erkalashlaring, Kechirgin yoningda qololmadim. Bilaman o‘qiysan kundaliklaring, Netayin ? Seni men unutolmadim! Men uchun, notanish emas bu raqam, Nafasim yetmaydi, titrar lablarim. Sen uchun tashlolmam yana bir qadam, Netayin ? Seni men unutolmadim ! Sokinlik hukmron, go‘shak ortida, Ovozing eshitib ko‘p qololmadim. Xolingni so‘ralmay go‘shakni qo‘ydim. Netayin ? Seni men unutolmadim!
Mumin Nur, Saidxon UZ — Unutolmadim
«Unutolmadim» — Mumin Nur, Saidxon UZ. Читайте текст песни, слушайте запись онлайн бесплатно или скачайте mp3. Длительность записи — 3:58. Жанр — Поп.
