Текст песни
Odamlar ko'ngli deb o'tdi yillarim. Jim turib yashadi sho'rlik tillarim. Armonga tutashdi umr yo'llarim. Bizning ko'ngil sinsa mayli ekanda. Hakkim yo'q ekanda o'ynab kulishga, Omadga to'lishga, baxtga to'lishga. Yoki tug'ildimmi fidoy bo'lishga? Bizning ko'ngil sinsa mayli ekanda. Kez atib nish sanjib so'zlaysiz xatib. Umrim o'tib ketdi bir ovg'amin yeb. Kimdir so'radimi jonin sog'mi deb? Bizning ko'ngil sinsa mayli ekanda. Tugamas ekanda umrimdan qishlar, Tugamas ekanda mayda mish-mishlar. Tinmay yuragimni xiyonat tishlar. Bizning ko'ngil sinsa mayli ekanda. Kimlarga tegibdi ayting jabrimiz? Buncha sinadingiz bardosh sabrimiz. Payondoq bo'lmaydi endi qadrimiz. Bizning ko'ngil sinsa mayli ekanda. Hech qarshi bormasdan qaroringizga termulib yashadim Qovog'ingizga. G'urur ko'p yiqildi oyog'ingizga. Bizning ko'ngil sinsa mayli ekanda. Kez atib nish sanjib so'zlaysiz xatib. Umrim o'tib ketdi bir ovg'amin yeb. Kimdir so'radimi jonin sog'mi deb? Bizning ko'ngil sinsa mayli ekanda. Tugamas ekanda umrimdan qishlar, Tugamas ekanda mayda mish-mishlar. Tinmay yuragimni xiyonat tishlar. Bizning ko'ngil sinsa mayli ekanda. Odamlar ko'ngli deb o'tdi yillarim. Jim turib yashadi sho'rlik tillarim. Armonga tutashdi umr yo'llarim. Bizning ko'ngil sinsa mayli ekanda. Tugamas ekanda umrimdan qishlar, Tugamas ekanda mayda mish-mishlar. Tinmay yuragimni xiyonat tishlar. Bizning ko'ngil sinsa mayli ekanda.
Sarvinoz Ruziyeva — Bizni ko'ngil sinsa
«Bizni ko'ngil sinsa» — Sarvinoz Ruziyeva. Читайте текст песни и подпевайте с караоке-подсветкой: строки текста подсвечиваются в такт музыке. Слушайте онлайн бесплатно или скачайте mp3. Длительность записи — 4:01. Жанр — Поп.
