Текст песни
Alamlar zahriga chidolmayapman. Yuragim chokidan tamom yirtilgan. Bilmadim, bilmadim, bilolmayapman. Ona peshonamga nima bitilgan? Yelkamga opichlab minib olgan dard kelib Ketaverib zerikman baxt. Ishongan insonlarim beraverar band. Ona peshonamga nima bitilgan? Ona, ona, ona hamrohim Meni kichik tor xona. Ona, ona, ona qalbimda Qayg'u, dilim g'amxona. Yuzim kulib turar, ichim yig'laydi. O'zimdan o'tganin o'zga bilmaydi. Yana meni javobsiz savol qiynaydi. Ona peshonamga nima bitilgan? Guvohi bo'lib netay necha bor Haqiqatni ko'rib dilim titirgan. Bilganim ham berar qarang oh, osoz. Ona peshonamga nima bitilgan? Ona, ona, ona hamrohim Meni kichik tor xona. Ona, ona, ona Qalbimda qayg'u, dilim g'amxona. Charchadim onajon, kuchim qolmadi. Qirq to'rt kun dardimga yechim qolmadi. Qolgani ne bo'lar umrim bilmadim. Ona peshonamga nima bitilgan? Mayli taqdir ekan, peshona ekan, Yaqinim deganing begona ekan. Yolg'on ekan hammasi dunyosi yolg'on. Anglagan, bilganim bir onam Ekan. Ona, ona, ona Hamrohim meni kichik tor xona. Ona, ona, ona Qalbimda qayg'u, dilim g'amxona.
Sarvinoz Ruziyeva — Onam ekan
«Onam ekan» — Sarvinoz Ruziyeva. Читайте текст песни и подпевайте с караоке-подсветкой: строки текста подсвечиваются в такт музыке. Слушайте онлайн бесплатно или скачайте mp3. Длительность записи — 3:28. Жанр — Поп.
