Текст песни
Esingdami yoshlik chog'lari. Yo'llaringni zor-zor kutganim. Kelsang Majnun tollar tagida. Qo'llaringdan ilk bor tutganim. Esingdami oy to'lgan palla. Ko'rinardi aksi soyadan ham. Sal uzoqroq termulib qolsam. Qizgonarding meni oyдан ham. Esingdami, esingdami ayt? Essizginam qaydasan shu bayt. Men ham esdan ayrilmay turib. O'tinaman quchog'imga qayt. Esingdami qirmizi lola zor. Qirmiziroq eding loladan. Nima qolgan esingda dildor. O'n yetti yosh o'sha boladan. Esingdami onam bilsa gar. O'ldirar deb ketgani qaytib. Qo'yganingda yaxshi bo'lardi. Barkasini onangga aytib. Esingdami, esingdami ayt? Essizginam qaydasan shu bayt. Men ham esdan ayrilmay turib. O'tinaman quchog'imga qayt. Esingdami bahorim meni. Unutdingmi, unutmadingmi? Men o'zimni yo'qotib qo'ydim. Yuragingga berkitmadingmi? Esingdami, esingdami ayt? Essizginam qaydasan shu bayt. Men ham esdan ayrilmay turib. O'tinaman quchog'imga qayt.
Xurshid Rasulov — Esingdamu
«Esingdamu» — Xurshid Rasulov. Читайте текст песни и подпевайте с караоке-подсветкой: строки текста подсвечиваются в такт музыке. Слушайте онлайн бесплатно или скачайте mp3. Длительность записи — 4:05. Жанр — Поп.
