Текст песни
Shayton qarash ko'rinadi ko'zingizda. Kibr tomib turar ekan so'zingizda. Bir-ikki sun topib katta gapirmang. O'zingizda bo'lavering o'zingizda. Bir deganda bir tomonga yetib qolmang. Musht ekkina jonni tomom etib qolmang. Davlat kelib o'zingizdan ketib qolmang. O'zingizda bo'lavering o'zingizda. Kimga berib, kimdan olib sinar Xudo. Hatto tog'lar vaqti kelib bo'lar ado. Bugun shahsiz yerta bo'lib qolmang ado. O'zingizda bo'lavering o'zingizda. Eslab ko'ring qani kecha kim edingiz. Cho'ntak quruq davralarda jim edingiz. Davr kelib yaqinlarni unutib siz. O'zingizda bo'lavering o'zingizda. Bu dunyoga kelib ketdi asli kimlar. Bugun bari yer ostida yotar jimlar. Kiberotgan, minib olgan kibrdinlar. O'zingizda bo'lavering o'zingizda. Kimga berib, kimdan olib sinar Xudo. Hatto tog'lar vaqti kelib bo'lar ado. Bugun shahsiz yerta bo'lib qolmang ado. O'zingizda bo'lavering o'zingizda. Nonni katta tishlasangiz tishlang lekin. Gap kelganda so'zlavering sekin-sekin. Kerak bo'lsa tosh yotasiz, bo'lsa tekin. O'zingizda bo'lavering o'zingizda.
Farrux Raimov — O’zingizda bo’lavering
«O’zingizda bo’lavering» — Farrux Raimov. Читайте текст песни и подпевайте с караоке-подсветкой: строки текста подсвечиваются в такт музыке. Слушайте онлайн бесплатно или скачайте mp3. Длительность записи — 2:59. Жанр — Поп.
