Текст песни
Tuzum yeb tupurganni, Pul topib turganni, Ortimdan gapirganni hammasini Taniyman. It hurar o'tar karvon, Gah qolar dilda armon. Kim yaxshi-yu kim yomon hammasini Taniyman. Ko'zim yog'in yalagan, Bor budimni talagan, G'iybatimga yaragan Hammasini taniyman. Bir do'st, biri oshna, Bari qonimga tashna. Til boshqa, dili boshqa hammasini Taniyman, hammasini taniyman. Chiqib to'rlardan to'rga, aylanib zamon Zo'rga. Begona bo'lsa ham ko'rgan Hammasini taniyman. Zahri achchiq chayonlar, Bari ko'zdan ayonlar. Qo'ynimdagi ilonlar hammasini Taniyman. Aqli dunyo bilan band, Har qadamda berar pand. Qo'lda pichoq, tilda qand hammasini Taniyman. O'zingniki o'zingni O'yib ketar ko'zingni. Yegan nonu tuzingni hammasini Taniyman. Dunyo asli omonat Kelgunicha qiyomat. Jon bo'lsin salomat hammasini Taniyman. Dunyo asli omonat Kelgunicha qiyomat. Jon bo'lsin salomat hammasini Taniyman. Hammasini taniyman. Hammasini, Har birini, Barchasini Taniyman.
Farrux Raimov — Hammasini taniyman
«Hammasini taniyman» — Farrux Raimov. Читайте текст песни и подпевайте с караоке-подсветкой: строки текста подсвечиваются в такт музыке. Слушайте онлайн бесплатно или скачайте mp3. Длительность записи — 3:00. Жанр — Поп.
