Текст песни
Taqdir meni uloqtirdi uzoqlarga. Tirikchilik, ro'zg'or degan tuzoqlariga. Tuprog'imdan olislarda yashayapman. Onam yopgan non emas, tosh tishlayapman. Musofirlik omadi dil pand yeganni. Eh, asl yuzi ko'rinar kan do'st deganni. Farzandlarim ilk qadamini ko'rolmadim. So'nggi yo'lga otamni kuzatolmadim. Otajonim, otajon. Qiyomatga qoldi siz bilan diydor. Otajonim, otajon. Duoyingizni ololmadim bir bor. Omonmisan juft halolim yig'lamagin. Tilka pora yuragimni tig'lamagin. Ona qizim senga dastyor bo'p yurgandim. Kenja toyim tili chiqib gapirgandim. Yolg'izlikda ona jonim qiynalmasin. Men yaxshiman, men haqimda o'ylamasin. Muammolar, bu sinovlar ko'rinmasdi. Otam hayot bo'lganida bilinmasdi. Otajonim, otajon. Qiyomatga qoldi siz bilan diydor. Otajonim, otajon. Duoyingizni ololmadim bir bor. Suyanganim, ishonganim tog'im ketdi. Mani sajdagohim, qiblagohim ketdi. O'zga yurtda qor kechib yurgandan ko'ra. Qishloqdagi otangdan hol-ahvol so'ra. Bu kunlar ham o'tib ketar ishonaman. Tez kunlarda ona yurtimga boraman. Lekin afsus nasihatlar ololmayman. Qaytganimda otajonim ko'rolmayman. Otajonim, otajon. Qiyomatga qoldi siz bilan diydor. Otajonim, otajon. Duoyingizni ololmadim bir bor.
Farrux Raimov — Otajonim
«Otajonim» — Farrux Raimov. Читайте текст песни и подпевайте с караоке-подсветкой: строки текста подсвечиваются в такт музыке. Слушайте онлайн бесплатно или скачайте mp3. Длительность записи — 4:31. Жанр — Поп.
