Текст песни
Для этой песни доступен текст без караоке-подсветки.
Qoching yoʻldan anvoyi gullar Vada bergan vaqtim oʻtyabdi Duolari umrimni qoʻllar Uyda meni onam kutyabdi Yoʻllarimga koʻzi moʻltirab Ovqatimni choyimni oʻrab Deraza peshtoqidan qarab Uyda meni onam kutyabdi Kechiksam gar qilar qoʻngʻiroq Nolimas hech sezilar biroq Deydi bolam kelginda tezroq Uyda meni onam kutyabdi Olam shovqi toʻxtaganida Boyqush yemish ovlaganida Butun olam uxlaganida Uyda meni onam kutyabdi Bunday mehr qayda bor tekin Soʻramaydi zahmatin chekin Keldingmi deb jilmayar sekin Uyda meni onam kutyabdi Kuttirmayin onajonimni Boray tezroq tejab onimni Ilhaq boʻlib men yomonini Uyda meni onam kutyabdi Duogoʻyim toju davlatim Gʻam buzolmas metin sarhatim Izi tavof poyi jannatim Uyda meni onam kutyabdi
Xurshidbek Qahhorov — Onam kutyapti
«Onam kutyapti» — Xurshidbek Qahhorov. Читайте текст песни, слушайте запись онлайн бесплатно или скачайте mp3. Длительность записи — 5:03. Жанр — Поп.
