Текст песни
Ko'zlarimni ochganimda ko'rgan ilk chehram. Bag'ringizda ulg'ayganman, azizim onam. Har qadamda ortimdan siz duo yo'lladingiz. Men adashsam to'g'ri yo'lni yana ko'rsatdingiz. Qo'llaringiz mehnatdan ham toliqib qolardi. Lekin mening bir kulgimdan ko'nglingiz to'lardi. Men bilmagan qancha dardni ichingizga yutdingiz. Farzandingiz baxtli bo'lsin deya umr o'tdingiz. Dunyolarni kezib chiqsam, Sizdek mehr topolmasman. Qancha ulg'ayib ketsam ham, Oldingizda bolaman. Onam, onam kalbimdagi yagona bahor. Siz bor uyda har bir kunim go'zal va Beg'ubor. Onam, onam duoyingiz menga kuch beradi. Sizni sevgan yuragim hech qachon Charchamaydi. Onam, onam sizsiz dunyo menga tor ekan. Bir tabassumingiz menga mingta baxtga teng Ekan. Borligingiz eng katta boylig'im, Ishonchim. Siz mening bu hayotdagi eng muqaddas Quvonchim. Uzoqlarda yurganda yo'lingizni sog'indim. Ostonangiz ko'ringanda bolaligimni topdim. Issiq noning hidlarida mehringizni sezaman. Bir duoyingiz yetar menga yana kuchga to'laman. Ba'zan sizni ranjitganman, bilmay og'ritganman. Kechiring deb aytolmay ham ich-ichimdan Yig'laganman. Endi har bir kuningizni quvonch bilan Bezayman. Roziligingiz olish uchun bor kuchim Beraman. Sochlaringiz oqaribdi, vaqt shoshilib o'tibdi. Men ulg'aygan har bir yilda sizdan bir yosh ketibdi. Endi navbat menga keldi, yoningizda turaman. Sizni asrab, sizni suyib, Xizmat qilib yuraman. Onam, onam kalbimdagi yagona bahor. Siz bor uyda har bir kunim go'zal va Beg'ubor. Onam, onam duoyingiz menga yo'l bo'ladi. Sizni sevgan yuragimda mehr mangu Qoladi. Onam, onam sizsiz dunyo menga tor ekan. Bir tabassumingiz menga mingta baxtga teng ekan. Umringizga umr qo'shsin, buyuk Parvardigo. Doim kulib yashang, onam, Bolang baxtiyor.
Rustam — Onam
«Onam» — Rustam. Читайте текст песни и подпевайте с караоке-подсветкой: строки текста подсвечиваются в такт музыке. Слушайте онлайн бесплатно или скачайте mp3. Длительность записи — 4:16. Жанр — Поп.
