Текст песни
Bir ming to'qqiz yuz o'ttiz sakkizinchi yil o'rtinch Oktabr O'zbekiston tarixida musibat bilan eslanuvchi Kun. Qonxo'r diktator Iosif Vissarionovich Stalinning qattol rejimi ostida millionlab insonlar Surgun qilindi, qamaldi. Millionlab insonlar esa shunchaki otib tashlandi. Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Sulaymon o'g'li Cho'lpon ham shu o'lim mashinasining Qurboni bo'ldi. Aytishlariga qaraganda o'sha paytlarda haddan ziyod Ko'p insonlar o'limga hukm qilinganidan yozuvchi va Shoir Cho'lponga navbat kelganida jallotlarning O'qlari tugab qoladi va bu inson qiyofasidagi Iblislar shoirni bolta bilan chopib tashlaydi. Qarsaklar chaldi o'zbek, Cho'lponni boltalashdi. Bashshalar gulzorimda ari bilan boltalashdi. Xoinlar kuni tug'di, shshiriyat quyoshi botdi. Boltalar o'ldirdi rus, o'zbeklar uni sotdi. Kechirgin Turkiston bo'lolmadim posboning, Kechir men qarab turdim qahradi bog' bostoning. Mozidan izla javobni qonlaring er talashdi. Otgan o'qlari qolmay Cho'lponni boltalashdi. Nima bo'ldi ekan uning so'nggi so'zlari o'shanda, Tuyog'ina jasad bosib to'ng'izlar kezdi gulshanda. Qurbon jon dod qomi solim adamin bekna aldashdi. Min to'qqiz yuz o'ttiz sakkiz Cho'lponni Boltalashdi. Usmonga nasib etmadi o'z yurtidan bir Mozor. Qullikni orzu qilgancha o'tdi tuprog'i gazor. Qodiriy Cho'lpon Fitratni nima sababdan qamashdi? Jallotlar o'q topolmay Cho'lponni boltalashdi. Faryod bilan qon yig'lab ketdi bahorlar. Dushmanning qo'lida jon berdi daholar. Nega yig'lamaysan-yurtim bu holga? Axir dushman bolangni otgan olovga. Faryod bilan qon yig'lab ketdi bahorlar. Dushmanning qo'lida jon berdi daholar. Nega yig'lamaysan-yurtim bu holga? Axir dushman bolangni otgan olovga. Jallotlarni bir tukki ham qilt etmagan ehtimol. O'ris jallotdi g'urdi xoin o'rtada dallol. Yuraklar muzladi, qarg'alar sovuq qotdi. Ruslar bolta charxladi, o'zbeklar o'zbekni sotdi. Qaylarda qoldi nari tortgan pahlavonlaring? Qabri oyog' ostida toptaldi bobolaring. Fovon upib shoir bo'lgan bu shoirlar shon talashdi. Jallotlar o'q topolmay Cho'lponni boltalashdi. Paxtalar ekib bog'uz ochdi boshing uzra rus. Sariq kasal bo'lib nobud bo'ldi norasidalar. Yalaqi raislaring cho'chqalardan oldi tuz. Yuvolmayman armonining bitsa ming hasidalar. Olmoniya bag'ridan qaytolmadi talablar. Qaytganlari otildi qilt etmadi qotillar. Turkiston jahannam bo'ldi, xoinlar o'tqalashdi. Otildi Qodiriy Cho'lponni boltalashdi. Faryod bilan qon yig'lab ketdi bahorlar. Dushmanning qo'lida jon berdi daholar. Nega yig'lamaysan-yurtim bu holga? Axir dushman bolangni otgan olovga. Faryod bilan qon yig'lab ketdi bahorlar. Dushmanning qo'lida jon berdi daholar. Nega yig'lamaysan-yurtim bu holga? Axir dushman bolangni otgan olovga.
Doxxim — Cho'lponni Boltalashdi
«Cho'lponni Boltalashdi» — Doxxim. Читайте текст песни и подпевайте с караоке-подсветкой: строки текста подсвечиваются в такт музыке. Слушайте онлайн бесплатно или скачайте mp3. Длительность записи — 3:36. Жанр — Рэп и хип-хоп.
