Текст песни
Yaralding ne sababdan insoniyat o‘zi a? Faqat dunyoviy tashvish band etgan fikru xayoling. Behalovatlik aks etib insoniyat yuzida, Aqling bo‘lsada ba’zida kalta kelar ekan qo‘ling. E, bo‘ldi bas qil endi tomchilab yig‘ishni qo‘y, Baribir so‘nggi soniyada chelaklab to‘kib ketarsan. Ketsa ketar achinmagin ming‘ingda kulib qo‘y, Hayot atalmish dengizda bari bir cho‘kib ketarsan. Hasadni chetga sur, e’tibor ber mag‘ibatga, Bu dunyo shohlarni ham qullarni ham teng yig‘latgan. Kamtarona yurganlarning tog‘bo‘larkan hurmati, Shukronada bo‘l hamisha ey Muhammad ummati. Nolishni bas qil do‘st, qara osmon musaffo, Yayrab to‘yguncha nafas olib kaga to‘ldir havo. Rizqing bo‘lsa peshonangga bitilgani baribir, So‘ngili boseng kafan hammani kutar qabr. Gunohlarini adog‘i yo‘q, yelib yugurdi dunyo Uchun. Qilmishlarini adog‘i yo‘q, Nafsiga quldir yetmay kuchi. Osmonlarga sig‘may ketmoqda zinosi, Yo‘q qolib bormoqda ayolning hayosi. Bormikan bu dardim biron bir davosi, Unutmaylik do‘stim bu yolg‘on dunyosi. Unutmagin bu dunyoga boy bo‘lishga kelmagansan, Allohimga hamdu sano ibodatdan charchama. Seni ham yaratdilar sen o‘zing yaralmagansan, Har narsani mol-dunyo va boylik bilan o‘lchama. Daholarni allalagan suproq bizni ham kutmoqda, Biz esa engil qarab yashayapmiz oxiratga. Qaragin kunlar ham juda tez o‘tib ketmoqda, O‘tkinchi his deb qaralsa do‘stlik yoki muhabbatga. Baxtli kunlar ham asl berilgan ekan sinovga, Sabr aylagin hamisha kelsa-da og‘ir damlar. Alloh uchun yaxshilik qil yoqish uchun emas birovga, Har soniya o‘lim taraf ketmoqdamiz odamlar. Aqli ojizlarga kulma ular sendan ham baxtli, Chunki sen his etgan tashvish-tarklar ularga beгона. Afsus chekmoqqa mahkumsan o‘tmish xatolar sababli, Ko‘z yoshi hech kim ko‘rmasin doim yasha mardona. Gunohlarini adog‘i yo‘q, yelib yugurdi dunyo Uchun. Qilmishlarini adog‘i yo‘q, Nafsiga quldir yetmay kuchi. Osmonlarga sig‘may ketmoqda zinosi, Yo‘q qolib bormoqda ayolning hayosi. Bormikan bu dardim biron bir davosi, Unutmaylik do‘stim bu yolg‘on dunyosi.
Doxxim — Insoniyat
«Insoniyat» — Doxxim. Читайте текст песни и подпевайте с караоке-подсветкой: строки текста подсвечиваются в такт музыке. Слушайте онлайн бесплатно или скачайте mp3. Длительность записи — 3:01. Жанр — Рэп и хип-хоп.
