Текст песни
Salom, qalayasan? Bu men balki tanigandirsan. Mana sensiz o'lganim yo'q, sanam baxtlidersan. Man yuribman hayotda o'z juftimni qidirib, Seni eslamaslik uchun to'g'ri o'zimni chalg'idib. To'g'ri mesmerizing turibman seni har zamonda. Oy to'lganida qo'lim yetmas baland osmonga. Yana yomg'ir yog'ganda farqi yo'q qay faslda. Sanga yomg'irin tovushi yoqishi esim. Yana esimda sana yoqimli kulishlaring, Oxiri yo'q san-sanoqsiz qilgan orzularing. Qiziq bormidi manga joy o'sha orzularda? Yoki qolib ketarmidim orzular ortida? Orzu qilish yaxshi agar bo'lsa u hayotiy. Yashamoqchisan kutib shahzodingni oq otli. O'tirasan ertalab kech yo'liga termulib. Oq ot o'rnida oq Malibu da keladi deb. Nahotki sanga farqi yo'q ko'nglini borligi? Yoki sevgi o'rnini bosadimi boyligi? Nahotki sevgidan shu boylik ustun bo'lsa? Xasta yurak orzusi tilla taqinchoq bo'lsa. Yoqimli so'z, erkalash o'rniga bir pochka pul. Qaynoq bo'lsa quchoqlash o'rniga bir dasta gul. Bir kun boylikdan zerikib, qurigan gulga qarab O'tirasan xo'rsinib. Oddiy mehr ne qimsa. Jimgina yig'lab, ozodlik istab, Sevgimni eslab, balki meni eslab. Yana esimda seni uchratgan o'sha kunim. O'zing eding o'shanda eng go'zal nafis gul. Keyin bilsam bir tanada ikkita odam ekan. Birini ko'ngli gul, birida tikan ekan. O'zgarardi kundan kunga bizni munosabatlar. Bunga sabab bo'lgandi arzimagan xatolar. Xato sendayam, mandayam bor edi o'shanda. Lekin sen tan olmasding, uchar eding osmonda. Bilmadim ne sababdan menga ishonmasding. Yolg'onlarga ishonib meni eshitmasding. Bilmadim balki ko'ngling to'lmay qolgandir mendan. Mani ko'nglim esa sovib borardi sendan. Chunki man sevgan qizdan hech narsa qolmagandi. Ko'nglingda gul so'nib tikanga aylangandi. Xullas, charchagan edim har xil bahonalardan Ko'zimga tik boqib aytilgan yolg'onlardan. Yolg'on ekan manga aytgan har bir so'zlaring soxta Ekan, hatto to'kilgan ko'z yoshlari. Qanaqa qilib yashading shuncha vaqt yolg'on bilan? Yana sevaman deysan, ayt qaysi vijdon bilan? Bilsang yarasharkan soxta chizilgan kulgu. Lek sendagi soxta insonga uvol sevgidek tuyg'u. Bilmadim nega seni haligacha eslayman. Xonamdagi suratingdan ko'zim uzolmayman. To'g'ri, juda go'zalsan, lek chiroy abadiy emas. Vaqt hammaga be shaftsat, u saniyam ayamas. O'n, o'n besh yil taxminan yoki undan sal ko'proq Kelishgan bu qomattan qolmas keyin hech vaqo. Qolar sevgan qalblarda muhabbat alangasi. San esa qalbingda soxtalikni tamg'asi. O'ylab ko'rgin yana o'ylashga bor vaqt hali. Bo'lib o'tgan ishlarda ayblamagin meni. Shunchaki havasga emas, seni chindan sevganman. Endi bo'lsa sen to'g'riningda o'ylashni istamayman. Unutaman man seni tinmay yomg'ir yog'ganda. Eslamiman oy to'lsayam, qo'lim yetmas osmonga. O'ylab qarasam seni sevib qolgan man xato. U kunlar qaytmas endi mayli gulim alvido.
Oybekshox — Drama
«Drama» — Oybekshox. Читайте текст песни и подпевайте с караоке-подсветкой: строки текста подсвечиваются в такт музыке. Слушайте онлайн бесплатно или скачайте mp3. Длительность записи — 4:16. Жанр — Рэп и хип-хоп.
