Текст песни
Mo'minman deyman-u bilmayman Qur'on. Qalbimni tark etib qolar goh imon. Men qanday aytgin-ay Robbi musulmon. Qabr azobidan qo'rqaman Alloh. Bosgan qadamimda gunohlar qildim. O'tkinchi dunyoda o'ynadim, kuldim. Oxir qiyomatning haqligin bildim. Qabr azobidan qo'rqaman Alloh. Yaxshilik qilmadim yugurib, yelib yelib. Qanday yashayapman dunyoga Kelib kelib. Boraman yoningga tavbalar qilib qilib. Qabr azobingdan qo'rqaman Alloh. O'zimdan ortmaydi topgan mol-davlat. Yuribman ko'chada zo'r to'kib savlat. Bosib borar qalbim kunsayin g'aflat. Qabr azobidan qo'rqaman Alloh. Yonib so'zlab qonar tilu zabanim. G'azabdan qaynaydi gohida qonim. Tanamni tark etar bo'lsa bu jonim. Qabr azobidan qo'rqaman Alloh. Yaxshilik qilmadim yugurib, yelib yelib. Qanday yashayapman dunyoga Kelib kelib. Boraman yoningga tavbalar qilib qilib. Qabr azobingdan qo'rqaman Alloh.
Dildora Niyozova — Qo'rqaman Alloh
«Qo'rqaman Alloh» — Dildora Niyozova. Читайте текст песни и подпевайте с караоке-подсветкой: строки текста подсвечиваются в такт музыке. Слушайте онлайн бесплатно или скачайте mp3. Длительность записи — 3:34. Жанр — Поп.
