Текст песни
Keng bir oʻtloq boʻlsa, Atrofing koʻm-koʻk maysa, Osmon tip-tiniq. Maysaga yastanib yotsang-ku, Oʻlib qolsang. Bezorda ana shunday xayol surib yotsam, Qanoqlari oppoq bir kapalak kelib, Yelkamga chordona qurib oʻtirib oldi. “Salom, ogʻayni! Nega kayfiyating yomon?” “Charchadim, Yashashdan charchadim”, dedim unga. Kapalak Bir xursinib joʻnavordi. Qiziq, Unda ham bolacha bormikan? Kapalakning kapasi qayerda? Nega shunday ojiz va nafis jonzot ham odamdan Yuqorida uchib yuradi? Baquvvat va vazmin narsalar hamisha oyoq ostida Boʻlishadimi? Demak, Demak odam ogʻir, bosigʻligi uchun hormi? Yengiltak va xushomadgoʻy kimsalarini shuning uchun Oshigʻi olchi ekanda. Fikrlaringizni jilovlab oling. Ular hamma narsaning boshlanishidir. Haligi kapalakning qanotidagi yozuv bu. Tanishganimdan xursand edim. Tongda men uni bogʻda koʻrdim. Atirgulning shoxida. Kechagi tushkun holatim uchun uyaldim. Uzr soʻramoqchi boʻldim, Ammo, Ammo kechikdim. Atirguldan yumaladi kapalak. Bir silkinib qoʻymadi ham gulshoxi. Jon talashib qum yuladi kapalak. Koʻchdi mening koʻksimga ham titrogi. Men undan osmonning oxiri qayerda, Deb soʻramoqchi edim. Axir buni, Axir buni faqat oʻsha qanoti ojiz qush bilishi Mumkin edi-da. Eh, atang! Atang! Pisatimni bogʻda bir halol Kapalakka alмашaman men. Hayotimni koʻktagi zilol Kamalakka almashaman men. Pisatimni bogʻda bir halol Kapalakka almashaman men. Hayotimni koʻktagi zilol Kamalakka almashaman men. Yodlarga koʻmilgan shahar Devorlari yelkamni chaqar. Yodlarga koʻmilgan shahar Devorlari yelkamni chaqar. Uyim qasr boʻlsa ham agar Juvalakka almashaman men. Uyim qasr boʻlsa ham agar Juvalakka almashaman men. Xushomadni sevmaydi jinim. Menga havas qilmagin inim. Xushomadni sevmaydi jinim. Menga havas qilmagin inim. Shuhratimni totli bir tilim Xandelakka almashaman men. Qoshiqlarim boʻlib olvoza. Elda mashhur emishman toza. Kuylab topgan baxtim bir kosa Sumalakka almashaman men. Qoshiqlarim boʻlib olvoza. Elda mashhur emishman toza. Kuylab topgan baxtim bir kosa Sumalakka almashaman men.
Tohir Mahkamov — Kapalakka almashaman
«Kapalakka almashaman» — Tohir Mahkamov. Читайте текст песни и подпевайте с караоке-подсветкой: строки текста подсвечиваются в такт музыке. Слушайте онлайн бесплатно или скачайте mp3. Длительность записи — 6:14. Жанр — Поп.
