Текст песни
Qismat bu boshimga nega Soldi-yu, Nechun qanotimni shartta ayirding. Qismat bu boshimga nega soldi-yu, Nechun qanotimni shartta ayirding. Mayli boshqa jazo ber edi lekin, Otayu onamdan erta ayirding. Ota jonim edi suyangan Tog‘im, ona jonim ko‘rkim Gullagan bog‘im. Qoldi hasrat ila yurakda dog‘im, Suyanganlarimdan erta ayirding. Hayotning eligin tushunmay qoldim, Charchadim yashashning o‘zidan toldim. Ota-onam ekan butun borlig‘im, Mening borlig‘imdan erta ayirding. Bu kun sog‘inaman qalbdan o‘larini, Tushimda ko‘rsam deb kutdim tunlarni. Tangrim shukr solding bunday kunlarni, Mening shodligimdan erta ayirding. Farzandman so‘ngidan ko‘ra olmadim, Zolimlar to‘lidan chiqa olmadim. Qabrlariga tupraq so‘ra olmadim, Meni farzandlikdan erta ayirding. Bu kun yolg‘izgina istaganim shu, Tanho Xudoyimdan tilaganim shu. Otamning joylari jannatda bo‘lsin, Onamning joylari jannatda bo‘lsin. Otamning joylari jannatda bo‘lsin, Onamning joylari jannatda bo‘lsin. Xudo rahmat qilsin har ikkilarin, Ruhi qabristoni gullarga to‘lsin. Xudo rahmat qilsin har ikkilarin, Ruhi qabristoni gullarga to‘lsin.
Tohir Mahkamov — Armon
«Armon» — Tohir Mahkamov. Читайте текст песни и подпевайте с караоке-подсветкой: строки текста подсвечиваются в такт музыке. Слушайте онлайн бесплатно или скачайте mp3. Длительность записи — 5:10. Жанр — Поп.
