Текст песни
Ikki olam sarvari payg'ambarimiz shunday marhamat Qilgan ekanlar. O'limni sog'inmanglar, Lekin eslab turinglar. Eslamay bo'larkanmi? Sen uchun jon berishga tayyor ota-onang ketgan Tarafni-ya, Tiriklar yuragingni yig'latib, O'liklar tushlaringda yupatib turganda-ya. O'limni eslamay bo'larkanmi? G'animatlik haqida hammamiz og'iz to'ldirib Gapiramiz. Biroq, biroq qani o'sha g'animatlikni Qadriga yetish? Aytinglar, qani? O'zim topgandayman. Balki u yaqinlarimizni manguga yo'qotganimizda Ko'zimizdan behos dumalagan ikki tomchi yoshda Bo'lsa kerak o'sha g'animatlik. Lekin oramizda yaqinlarini qumsab shu ikki tomchi Ko'z yoshiniyam to'kolmaydigan bedardlar kammi? Obboq, Tohir yana hasrat sandig'ini ochdi demang. Uni ochilmaydigan qilib berkitganimga ancha bo'lgan. Bu hasrat meniki emas. Bu jamiiki yuragida dardi bor insonlarning hasrati. Milliard yillardan beri soatiga sal kam ikki ming Kilometr tezlikda muntazam uchib aylanayotgan Yer Sayyoramiz balki yana milliard yil aylanar. Mabodo bizni bemehrligimiz-u, beqadrligimizdan boshi Aylanib ketmasa. Yuragimiz to'lganda qabristonga borib, O'tgan yaqinlarimiz qabri boshida uvvos solamiz. Bir amallab o'ldirib olib, keyin dod deymiz. Tiriklarni qoshiga ham borib turinglar. Axir, axir g'animatimiz. Zero dunyoni qutqarsa mehr qutqaradi. Ketay desam aytilmagan so'zlarim ko'p. Qolay desam kutgan qora ko'zlarim ko'p. Men, men o'limdan qo'rqmayman. Chunki, Chunki yer ustidan ko'ra Yer ostida do'stlarim ko'p. Yer ostida do'stlarim ko'p. Kechar bo'lsam ko'zim to'lgan ziyolardan. Kechar bo'lsam bu yolg'onchi dunyolardan. Ko'ngil bersa o'tli ohu nodolardan. Meni yo'qlar qabristonga bormanglar. Ko'ngil bersa o'tli ohu nodolardan. Meni yo'qlar qabristonga bormanglar. Men Bor edim bilmadingiz borligimni. Bilmadingiz mehringizga zorligimni. Sizlarga bag'ish etib ketgun varligimni. Meni yo'qlar qabristonga bormanglar. Yig'lamanglar quchoq sovuq marmar toshni. O'xshatmanglar menga yo'tdiz yok yoshni. Tinchroq yotay zax yerlarga qo'yib boshni. Meni yo'qlar qabristonga bormanglar. Tinchroq yotay zax yerlarga qo'yib boshni. Meni yo'qlar qabristonga bormanglar. Men bor edim bilmadingiz borligimni. Bilmadingiz mehringizga zorligimni. Sizlarga bag'ish etib ketgun varligimni. Meni yo'qlar qabristonga Bormanglar. Yo'q bo'laman qo'shiqlarim bor bo'ladi. Manum tuproq ko'z yoshlarim qor bo'ladi. Eslasangiz sog'inch sizga yor bo'ladi. Meni yo'qlar qabristonga bormanglar. Eslasangiz sog'inch sizga yor bo'ladi. Meni yo'qlar qabristonga bormanglar. Men bor edim bilmadingiz borligimni. Bilmadingiz mehringizga zorligimni. Sizlarga bag'ish etib ketgun varligimni. Meni yo'qlar qabristonga bormanglar.
Tohir Mahkamov — Meni yo'qlab qabristonga bormanglar
«Meni yo'qlab qabristonga bormanglar» — Tohir Mahkamov. Читайте текст песни и подпевайте с караоке-подсветкой: строки текста подсвечиваются в такт музыке. Слушайте онлайн бесплатно или скачайте mp3. Длительность записи — 7:02. Жанр — Поп.
