Текст песни
Topmoq yo'qotmoqdur, Yo'qotmoq topmoq. Sen so'lib men yashnab to'lishimga boq. Sensiz topganimdan ko'proq yo'qotdim. Sen meni yupatding, Seni yig'latdim. Sen meni yaratding, seni tugatdim. Uyalmay ona deb kelishimga boq. Sog'inch haqda she'rlar yozdim o'zimcha. Mendan peshonangda dog'lar tizimcha. O'g'il bo'lmay ulay atang ming atang qiz tug'sang Yetardi, ko'proq qiz tug'sang. Tirgak bo'lolmadimi Bitta qizingcha. Uyalmay shoirman deyishimga boq. Joningdan aylanay turgin jonajon. Yo'l qarab bo'ldimi jigarngang qon. Boqma ko'zlarimga bimojol xasta. Men topganlarim gulmi bir dasta. Yo'qotganim, Yo'qotganim endi senmi onajon. O'z etimni o'zim yeyishimga boq. Bilsang, Bilsang yuragimni bir alam elar. Buyursang qo'limdan kelmaydi nelar. Ayt pichan yig'aymi, o'tin yoraymi. Yerini haydaymmmi, ko'k ag'daraymi. Itdek oyog'ingga suykalvim kelar. Uchib-uchib mana qonishimga boq. Hech narsa kerakmas bolam hech deysan. Endi kech deysan-da endi kech deysan. Yuzimni bosaman muzdek yuzingga. Onajon zor qilib ketma izingga. O'lim oldida ham g'amingni yeyasan. Men-chi jim taqdirga ko'nishimga boq. She'rim bitdi. Xayr do'stlar xush qoling. Bedil yashamakka urg'onman mendek. Boring volidangiz ko'nglini oling. Ertaga kech qolib o'rtamman mendek. Yaxshilikda odam naqshi degansiz-ku. Yaxshi bo'lsang hamma yaxshi degansiz-ku. Yaxshilikda odam naqshi degansiz-ku. Yaxshi bo'lsang hamma yaxshi Degansiz-ku. Ko'p yaxshini ko'rdim ona. Lek guzingiz yaxshilarning eng yaxshisi Ekansiz-ku. Charchadim g'am jafolardan. Ko'rdingizmi ona hech kim bosolmadi O'rningizni. Charchadim g'am jafolardan. Ko'rdingizmi Ona hech kim bosolmadi o'rningizni. Ishonganim jigarlarim Og'alarim. Har qadamda yirtish kashay yoqalarim. O'tgan bo'lsa sezishmadim ko'cha-ko'yda. Eslatganda sizni hali tog'alarim. Ko'rdingizmi samolardan. Ko'rdingizmi ona hech kim bosolmadi O'rningizni. Sevganlarim Kuldi mendan yiroqlarda. O'zim suyub o'zim kuydim firoqlarda. Sevganlarim kuldi mendan yiroqlarda. O'zim suyub o'zim kuydim firoqlarda. Qanday mehr Qanday sehr bor edi-ya. Qo'lingizni bezab turgan bodoqlarda. Kuydiganim bivofolardan. Ko'rdingizmi Ona hech kim bosolmadi o'rningizni. Kuydiganim bivofolardan. Ko'rdingizmi Ona hech kim bosolmadi o'rningizni. Bor edingiz so'zingizdan chiqmadim Men. Sizdan keyin ko'z suyunga sig'madim Men. Jigarlarim yig'latsa ham Yig'lamadim. Yig'lasan ham ich-ichimda yig'ladim Men. Topolmadim dunyolardan. Ko'rdingizmi ona hech kim bosolmadi O'rningizni.
Tohir Mahkamov — Ona
«Ona» — Tohir Mahkamov. Читайте текст песни и подпевайте с караоке-подсветкой: строки текста подсвечиваются в такт музыке. Слушайте онлайн бесплатно или скачайте mp3. Длительность записи — 7:23. Жанр — Поп.
