Текст песни
Men dunyoda Bittagina do‘st topolmaganimda Sizni yodlayman, Onajon. Boshim kulfatlardan chiqmay qolganda Sizni sog‘inaman, Onajon. Sochlariga oq oralagan mo‘tabar onalar qo‘llarini Fotihaga ochganda Sizni eslayman, Onajon. Yomon kunlarimni ko‘p ko‘rdingiz. Yaxshi kunlarimni ham ko‘rsangiz bo‘lmasmidi, Onajon? Derazamga qo‘ngan kapalakni qanotlarini silayman. Uddu sizni oppoq sochlaringizni silaganday. Ehtimol u sizni ruhingizdir. Tez-tez kelib turing, Onajon. Sizni ko‘p sog‘inaman, Onajon. Dardlarim dilim kuydirar, ulfatim ko‘nglim To‘ldirar. G‘animim kunda o‘ldirar. Onajonim kelmadingiz. Dardlarim dilim kuydirar, ulfatim ko‘nglim To‘ldirar. G‘animim kunda o‘ldirar. Onajonim kelmadingiz. To‘y qildim dushmanim keldi. Suymagan suyganim keldi. To‘y qildim dushmanim keldi. Suymagan suyganim keldi. Sog‘inib yig‘lagim keldi. Onajonim kelmadingiz. Sog‘inib yig‘lagim keldi. Onajonim kelmadingiz. Topolmadim sizdek sirdosh. Dunyo ekan ko‘p bag‘ri tosh. Didor taraf ko‘zimda yosh. Onajonim kelmadingiz. Topolmadim sizdek sirdosh. Dunyo ekan ko‘p bag‘ri tosh. Didor taraf ko‘zimda yosh. Onajonim kelmadingiz. Ruxorlari oyim onam, armonlariga boyim Onam. Ruxorlari oyim onam, Armonlariga boyim onam. Sog‘ingandur dibon bolam. Onajonim kelmadingiz. Sog‘ingandur dibon bolam. Onajonim kelmadingiz. Sizsiz koshonalar oyran. Yuragim sanchar beomon. Sog‘indim-ku bugun yomon. Onajonim kelmadingiz. Sizsiz koshonalar oyran. Yuragim sanchar beomon. Sog‘indim-ku bugun yomon. Onajonim kelmadingiz. Qabringizga boshim qo‘yib, mirzo yig‘lar bag‘rin Uyib. Qabringizga boshim qo‘yib, Mirzo yig‘lar bag‘rin uyib. Bir erkalay desam suyib. Onajonim kelmadingiz. Bir erkalay desam suyib. Onajonim Onajonim kelmadingiz. Onajonim kelmadingiz. Onajonim Kelmadingiz. Onajon
Tohir Mahkamov — Onajonim kelmadingiz
«Onajonim kelmadingiz» — Tohir Mahkamov. Читайте текст песни и подпевайте с караоке-подсветкой: строки текста подсвечиваются в такт музыке. Слушайте онлайн бесплатно или скачайте mp3. Длительность записи — 4:30. Жанр — Поп.
