Текст песни
Erta bahor Oʼriklar gullaydi, bodomlar gullaydi. Xullas, daraxt zoti borki, barchasi gullaydi. Bahor nafasi, hayot nafasi olamni tutgandek boʼladi. Lekin Kichkinagina bir epkin, kichkinagina bir shaboda Daraxt gullarini yer bilan bitta qiladi, Yakson qiladi. Insonning umri ham shu daraxt gulini umriga Oʼxshaydi. Daraxt guli tanasiga qanchalik omonat boʼlsa, Siz bilan biz ham dunyoga shunchalik omonatimiz. Aytmoqchi boʼlgan fikrim. Shu omonatligini qadriga yetaylik. Bugun borib, bugun borib ayting doʼstim, Menga judayam keraksan deb bugun ayting. Otajon yelkamda koʼtarib hajlariga oboray deb bugun Ayting. Onajon seni judayam yaxshi koʼraman, Quling boʼlib umrimni oxirigacha xizmatingni qilay Deb bugun ayting. Ertaga, Ertaga bu baxtlar kimga nasib qiladi, kimga yoʼq. Shu omonatligini isbotlab qancha insonlar oʼtdi. Dunyodagi eng ogʼir dard Farzand dogʼi boʼlsa kerak. Farishtadek goʼzal tilla soch qizini tuproqqa Topshirgan birodarimizga malham boʼlar degan umid Bilan bir qoʼshiq yozdik. Bir nafaslik yoʼl ekan Ikki dunyo orasi. Qalbingni dogʼlab ketding, koʼzim oqu qorasi. Men qaydanam bilibman shum taqdirni qahrini. Totish nasibamligin farzand dogʼin zaxrini. Qora koʼzim, qoʼlimdan uchib ketgan yulduzim. Koʼz teggan koʼzmunchogʼim oʼlgilay sendan oʼzim. Bolaman yettiga kira olmagan Bolaman. Dard koʼrib yorugʼ dunyo koʼra olmagan bolaman. Bolaman yettiga kira olmagan bolaman. Dard koʼrib yorugʼ dunyo koʼra olmagan bolaman. Kullemay soʼlgan gulim bagʼridan yurdi Oʼlim. Kelin boʼlib oq roʼmol ura olmagan bolaman. Oqshom oq kapalakka aylangan oy din qizim. Sogʼindim zilollingni izlayin qaydan qizim. Kullemay soʼlgan gulim bagʼridan yurdi oʼlim. Kelin boʼlib oq roʼmol ura olmagan bolaman. Oqshom oq kapalakka aylangan oy din qizim. Sogʼindim zilolingni izlayin qaydan qizim. Begʼuborim farishtam xurligim tilla sochim. Taqdirga tan berishdan Oʼzganidir lochim. Begʼuborim farishtam xurligim tilla sochim. Taqdirga tan berishdan oʼzganidir lochim. Tushmay turib sochga oq toʼlib boʼldi dilga dogʼ. Kunlarim tun aylagan erta soʼngan qiyoshim. Jon qizim dadajon, deb suyib aytgan jon qizim. Didorni qiyomatga qoʼyib ketgan jon qizim. Tushmay turib sochga oq toʼlib boʼldi dilga dogʼ. Kunlarim tun aylagan erta soʼngan qiyoshim. Jon qizim dadajon, deb suyib aytgan jon qizim. Didorni qiyomatga qoʼyib ketgan jon Qizim. Onang bagʼri boʼldi dogʼ bu judolik oʼtidan. Oʼchmagaysan bir umr Jigarling yodidan. Onang bagʼri boʼldi dogʼ bu judolik oʼtidan. Oʼchmagaysan to abad jigarling Yodidan. Yelkamga dogʼ tushsa jun chidar edim yo Tangrim. Yana ogʼir nimang bor farzandning tabutidan. Ona qizim, hur qizim, oy dinim oltin qizim. Soʼnggi yoʼlga otangdan ketding-u oldin qizim. Yelkamga dogʼ tushsa jun chidar edim yo Tangrim. Yana ogʼir nimang bor farzandning tabutidan. Ona qizim, hur qizim, oy dinim oltin qizim. Soʼnggi yoʼlga otangdan ketding-u oldin qizim.
Tohir Mahkamov — Qizim
«Qizim» — Tohir Mahkamov. Читайте текст песни и подпевайте с караоке-подсветкой: строки текста подсвечиваются в такт музыке. Слушайте онлайн бесплатно или скачайте mp3. Длительность записи — 6:20. Жанр — Поп.
