Текст песни
Oftobsen, Sendan bir soyaman ota. Sochni oq, Bag‘rni esa bosar g‘am. Ona senga nafim tegmidi hatto. Ostonang qurigan kuchugingcha ham. Sodiq o‘sha itni do‘stdek qucharman. Men bugun kuchuklar uchun icharman. Olamdan uyingga bo‘yladim inim. Ushshoq joningda hech ko‘rmadim tinim. Holingni kechgani xayolimda yo‘q. Men faqat o‘zimni o‘yladim inim. Akalik to‘nini endi yecharman. Men bugun Kuchuklar uchun icharman. Sochiga tolpopuk toj ilganlarim. G‘unchadek iymanib ochilganlarim. Bir uyda tug‘ilib o‘sganim o‘shal. Dunyoga bodroqdek sochilganlarim. Singillar, suyuklar uchun icharman. Beozor kuyuklar uchun icharman. Mayli yoqmaganim, mayli yoqqanim. Mayli xoh do‘st bo‘lsin, mayli xoh g‘anim. Dilida dardi bor, boshida g‘avga. Taniganlarimu tanimaganim. Men bugun barini bir-bir qucharman. Yuragi kuyuklar uchun icharman. Yuragi kuyuklar uchun icharman. Icharman. Icharman.
Tohir Mahkamov — Icharman
«Icharman» — Tohir Mahkamov. Читайте текст песни и подпевайте с караоке-подсветкой: строки текста подсвечиваются в такт музыке. Слушайте онлайн бесплатно или скачайте mp3. Длительность записи — 2:09. Жанр — Поп.
