Текст песни
Bu olamda haqqdin qo'rqib zor ingrasam, Oxiratda ruhim orom olarmikin? O'tganlarni bosgan izim ko'zga surtsam, Pirim g'an meni yo'lga solarmikin? Boshim berib belim bog'lab qilsam xilos, Nafs-u shayton changalidan bo'lsam xalos. Jon berar da madad qilsa Xizr Ilyos, Dunyoda Alloh rahm qilarmikin? Jon berar da madad qilsa Xizr Ilyos, Dunyoda Alloh rahm qilarmikin? Tag'ut jo'llari ginohimdan qilmas toqat, Har kuni yuz ming turli isyon menga odat. Bu ish bilan oxiratda bormi rohat, Tavba qilsam odatlarim qolarmikin? Boshim tanim biroq qilib fano bo'lsam, Didor talab hasratida ado bo'lsam. Axli ayol xonimondan jido bo'lsam, Do'stlar xojam menga rahm qilarmikin? Axli ayol xonimondan jido bo'lsam, Do'stlar xojam menga rahm qilarmikin? Ey osiyalar tavba qilgil haq eshitsin, Dodingizdan yeru ko'klar nola qilsin. Malaikalar haqqdin tilab ulush bersin, Ulush olgan qulni g'ani bo'larmikin? Aqlim haydon, ko'zim giryon, xona vayron, Haq yo'lini bila olmas men o'zim nodon. Ey do'stlarim betoqat men qayda jonam, Jononimdan hech kim xabar bilarmikin? Ey do'stlarim betoqat men qayda jonam, Jononimdan hech kim xabar bilarmikin? Ustanaga boshim qo'yib zor qilsam, Garib etim boshim silab duo olsam. Haqqin qo'rqib dunyo ishini ortga otsam, Xojam meni holi dilim so'larmikin? Saharlarda zor qilib yig'lasam men, Jon berar da belim mahkam bog'lasam men. Ishqibirlan yurak bag'rim dog'lasam men, Haq chirog'i qabrim ichra yonarmikin? Ishqibirlan yurak bag'rim dog'lasam men, Haq chirog'i qabrim ichra yonarmikin?
Tohir Mahkamov — Tavba
«Tavba» — Tohir Mahkamov. Читайте текст песни и подпевайте с караоке-подсветкой: строки текста подсвечиваются в такт музыке. Слушайте онлайн бесплатно или скачайте mp3. Длительность записи — 5:07. Жанр — Поп.
