Текст песни
Taqdir g'am berganda ko'ndim, Chidadim. Tilimdan qo'ymadim shukurlarimni. Omadim kelganda rosti yig'ladim. Otam ko'rmadi-da shu kunlarimni, Onam ko'rmadi-da shu kunlarimni. Ko'rdilar g'animlar toshlar otganda. Ko'rdilar do'st desam, do'stlar sotganda. "Eh", dedim maydonda otim chopganda. Otam ko'rmadi-da shu kunlarimni, Onam ko'rmadi-da shu kunlarimni. G'aybatim qilganlar erta-kech doim. Do'stim deb qo'l berdi bo'lib muloym. Ezildim to'rda bo'lganda joyim. Otam ko'rmadi-da shu kunlarimni, Onam ko'rmadi-da shu kunlarimni. Yolg'onga ko'p kuydim yolg'on dunyoda. Armongah ko'p to'ydim armon dunyoda. Yurib man holimga hayron dunyoda. Otam ko'rmadi-da shu kunlarimni, Onam ko'rmadi-da shu Kunlarimni. Mashadilar bola Sening uyida. Yangi ko'ylak kiyik, Kiymay bo'yida. Jim yig'ladim o'g'il qizim to'yida. Otam ko'rmadi-da shu kunlarimni, Onam ko'rmadi-da shu kunlarimni. Savob qotsam yelkam yetun ilgallar. Xato qilsam kuyib bag'rim tilgallar. Baxting ko'ray deya duo qilgallar. Otam ko'rmadi-da shu kunlarimni, Onam ko'rmadi-da shu Kunlarimni. Kecha yana edim Boyu piyoda. Bugun xudo berib bo'ldim ziyoda. Bo'lardi kim aziz menga dunyoda. Otam ko'rmadi-da shu Kunlarimni, onam ko'rmadi-da Shu kunlarimni. Sabr ber sabringdan menga xudoyim. Suyansam suyandim senga xudoyim. Dardim aytay yana kimga Xudoyim. Otam ko'rmadi-da shu Kunlarimni, onam ko'rmadi-da Shu kunlarimni.
Tohir Mahkamov — Farzand armoni
«Farzand armoni» — Tohir Mahkamov. Читайте текст песни и подпевайте с караоке-подсветкой: строки текста подсвечиваются в такт музыке. Слушайте онлайн бесплатно или скачайте mp3. Длительность записи — 5:21. Жанр — Поп.
