Текст песни
Menga tegmang sizdan bitta o’tinchim. Borliq sizga bo’lsin hasaltan abad. Alamim, g’ururim, shodlik o’kinchim. Bu mening hayotim meniki faqat. To’ydirdi dunyoning huzur-azori. To’ymaganim faqat onam diydori. Gunohi savobi yo’q-yo’q bori. Bu mening hayotim meniki faqat. Ortiq xoy-havasga ishqim yo’q mening. Chunki xushomadga xushim yo’q mening. Kim ne desa desin ishim yo’q mening. Bu mening hayotim meniki faqat. Qachonlardir ko’zim kulgan Bilaman. Kimlarda zor tutgan izim Bilaman. O’zimdan o’tganim o’zim bilaman. Bu mening hayotim meniki Faqat. Dunyo ostonangga bosh urib keldim. Og’iring yelkamdan oshirib keldim. Lekin yuragimni yashirib keldim. Bu mening hayotim meniki faqat. Muhabbat haqida ikki og’iz So’z. Yodimda qolgani bir juft qora Ko’z. U ham menga nasib Etmagan, ey do’st! Bu mening hayotim Meniki faqat. Bo’ldi, Bo’ldi ortiqga javob bermayman. Azob berganlarga Azob bermayman. Xudodan boshqaga hisob bermayman. Bu meni hayotim, Meni hayotim, Meni hayotim.
Tohir Mahkamov — Mening hayotim
«Mening hayotim» — Tohir Mahkamov. Читайте текст песни и подпевайте с караоке-подсветкой: строки текста подсвечиваются в такт музыке. Слушайте онлайн бесплатно или скачайте mp3. Длительность записи — 4:15. Жанр — Поп.
