Текст песни
Bir qop pulim bo'lsa nima qilardim? Bir qop pulim bo'lsa o'zim bilardim. Eng yangi nusxada mashina minib ko'nglimga ne kelsa Shuni qilardim. Ehtimol boylarday boylarga boqib, Kambag'al g'aribni ko'ksin tilardim. Koshona hovlida kerilib yurib, qo'shnimni holidan Mag'rur kulardim. Mansabga alishar edim do'stimni, Otamni eslamas edim ehtimol. Turfaxil gullarga o'rnini berib kesilib ketardi otam Ekkan tol. Onamga oldin zar libos kiydirib, so'ngida otardim Tane tashini. Yetimga bir burda qoranon berib, So'ng Urib yorardim sho'rlik boshini. Mehrtilab kelgan Shirin o'g'limni yuziga shapaloq tortardi qo'lim. Dunyoni mehliga to'ydim bas desam, Yuz burib ketardi hattoki o'lim. Bir qop pulim bo'lsa nima qilardim? Qo'y bunday balodan asragin Alloh. Imonim butqilgin sabr berginu, Shayton changalidan asragin yiroq. Bir qop pulim bo'lsa nima qilardim? Qo'y bir qop balodan asragin Alloh, Asragin Alloh, Alloh asragin.
Tohir Mahkamov — Bir qop pul (monolog)
«Bir qop pul (monolog)» — Tohir Mahkamov. Читайте текст песни и подпевайте с караоке-подсветкой: строки текста подсвечиваются в такт музыке. Слушайте онлайн бесплатно или скачайте mp3. Длительность записи — 1:42.
