Текст песни
Sen kimga keraksan, shoiri zamon? Telefoning soqov, qoʻngʻiroqlar jim. Chamasi oqibat qochib qoldi-yu, ahvolingni soʻrab Kelmadi hech kim. Sen kimga keraksan, shoiri zamon? Buzuk televizor chiqarmas unun. Eshik taqillasa, ochma shoshilib. Kelsa montyorka kelar soʻrab elektr puli. Sen kimga keraksan, shoiri zamon? Xotinnolib tursa, kimga kerak sheʼr? Pul deydi gʻichirlab sheʼr yozsam stol. Pul deydi har qadam bosganimda yer. Sen kimga keraksan, shoiri zamon? Derazadan qara koʻkka moʻltirab. Hammasiga chidash mumkinu, biroq qoʻshni chiqmay Tursin qarzini soʻrab. Sen kimga keraksan, shoiri zamon? Koʻngling singan kosa kim ham olardi? Choʻgʻida sinigʻin butlayman desang hatto, Sigareting tugab qoladi. Sen kimga keraksan, shoiri zamon? Shoshma kimdir eshik chirtidi-yu oxir. Harqalay bu xayol emas shekili. Bunday kunda faqat yoʻqlaydi tohir. Ha-ha xuddi oʻzi Koʻz oynasi bor. Koʻngli sezib siqilsam kelib qoladi. Quchogʻini ochib mehr uzatib, soʻngra dardlarimni Boʻlib oladi. Sen kimga keraksan, shoiri Zamon?
Tohir Mahkamov — Kimga keraksan
«Kimga keraksan» — Tohir Mahkamov. Читайте текст песни и подпевайте с караоке-подсветкой: строки текста подсвечиваются в такт музыке. Слушайте онлайн бесплатно или скачайте mp3. Длительность записи — 1:46. Жанр — Поп.
