Текст песни
Ket desang ketaman Ishqni yetaklab. Yoningga bir bora bormay sevaman. Armonga qo‘l tutib, taqdirga ko‘nib, Ortingdan bir bora boqmay sevaman. Umr o‘taverar ekan ro‘yoda, kundan-kun azoblar Bo‘lar ziyoda. Ikkimiz armonmiz ikki dunyoda, Sevgimni hech kimga aytmay sevaman. Gahida og‘rinib, gahida kulib, Boshimni qayg‘u nutqoshiga urib, Yiqilsam amallab o‘rnimdan turib, Bir umr sevgimdan tonmay sevaman. Gul kabi to‘kilar so‘nmaydi sevgim, Daryodek toshsa ham to‘lmaydi ko‘nglim. Bir kuni o‘lsam ham o‘lmaydi sevgim, Sevgimni yuzingga aytmay sevaman. Ket desang ketaman ishqni yetaklab, Yoningga bir bora bormay sevaman. Armonga qo‘l tutib, taqdirga ko‘nib, Ortimga bir bora boqmay sevaman, Sevaman, sevaman.
Tohir Mahkamov — Sevaman
«Sevaman» — Tohir Mahkamov. Читайте текст песни и подпевайте с караоке-подсветкой: строки текста подсвечиваются в такт музыке. Слушайте онлайн бесплатно или скачайте mp3. Длительность записи — 1:44. Жанр — Поп.
