Текст песни
Bir uyda kecha kunduz bo'zlashadi bolalar gir Aylanib onasin izlashadi bolalar. Kattasining ohlari to'kilganda dilidan imoni Bor odamning qonlar oqar dilidan. Bu uyda kecha kunduz bo'zlashadi bolalar gir Aylanib onasin izlashadi bolalar. Ona, ona, onajon uyga sig'may ketyapman. Kunduz chapib, tun chapib sizga yetmay yotyapman. Devordagi osiqlik ro'molingiz yig'laydi. Uy ichida charx urib puzolingiz yig'laydi. Jismimda jon yig'lar, dasturxondan non yig'lar, Piyola dad choy yig'lar, yulduz yig'lar, Oy yig'lar. Sizni kunduz axtarsam, Kunduz yig'lar biz bilan. Uydagi gul, dov, daraxt, yulduz yig'lar biz bilan. Choqga tushgan toy choqdek talpinamiz siz tomon. Dilni chishlab yig'laymiz, ko'rmaysiz-da onajon. Onajon. Oh onajon, onajon bo'zlayveribsiz bo'ldim. Borsa kelmas yo'llardan izlayveribsiz bo'ldim. Ovutolmay singlimni yig'laydilar dadam ham. Joshin mushtlab jonini tig'laydilar dadam ham. Ko'rgim kelar onajon, ko'rgim kelar onajon, Ko'rgim kelar sizni. Sizsiz dunyo qorong'i qo'nik ekan uyimiz. Ezib qo'ydi bizni g'am. Qachon o'sar bo'yimiz. Bo'lardi-ku onajon, o'ylasangiz bizlarni. Kim oladi bag'riga yetim o'g'il, Qizlarni. Kichik singlim bir kuni sizni yo'qlab qolgandi. Alamidan mast bo'lib dadam uxlab qolgandi. Ovutmoq uchun singlimni bir o'yin topish kerak. Eng yaxshi o'yinimiz oq terakmi, Ko'k terak. Oq terakmi, ko'k terak bizdan sizga kim Kerak? Oq terakmi, ko'k terak men kerakmi, U kerak? Oq terakmi, ko'k terak singlim senga kim Kerak? Bilmasizmi aka jon menga Onamlar kerak. Oq terakmi, ko'k terak bizdan sizga kim kerak? Singil jonim menga ham onam, onamlar kerak. Oq terakmi, ko'k terak bizdan sizga kim kerak? Oq kerak? Oq terakmi, ko'k terak bizdan sizga kim Kerak? Oq Xudo, Xudo, Xudojon menga onamlar kerak. Oq terakmi, ko'k terak Bizdan sizga kim Kerak? Bir uyda kecha kunduz bo'zlashadi bolalar. Gir aylanib onasin izlashadi bolalar. Yetimlarning ohlari to'kilganda dilidan. Imoni bor odamning qonlar oqar dilidan, Dilidan. Oq Terakmi, ko'k terak bizdan sizga Kim kerak?
Bahrom Nazarov — Yetimlar
«Yetimlar» — Bahrom Nazarov. Читайте текст песни и подпевайте с караоке-подсветкой: строки текста подсвечиваются в такт музыке. Слушайте онлайн бесплатно или скачайте mp3. Длительность записи — 5:36. Жанр — Поп.
