Текст песни
Yurtim, Yurtim senga sheʼr bitdim bu kun. Qiyosingni topmadim asla. Shoirlar bor, oʼz yurtim butun Olam aro atagan tanho. Ular sheʼri uchti koʼk biroq Qanotida kumush diyor. Bir oʼlka bor dunyoda, biroq bitilmagan dostondir Bori. Faqat ojiz qalamim manim. Oʼzbekiston Vatanim manim. Amerika Sehrli diyor. Uxlar edi Kolumb ham hali. Dengiz ortin yoritdi ilk bor Beruniyning aql mashʼali. Dengiz ortin yoritdi ilk Bor Bobomizning aql mashʼali. Kolumbda bor alamim manim. Oʼzbekiston vatanim manim. Kolumbda bor alamim manim. Oʼzbekiston Vatanim manim. Kechmishing bor. Chindan ham uzoq Ilgʼay olmas barchasini koʼzim. Maqtamasman nazini, biroq oʼtmishingni Oʼylayman bir zum. Zabt etgan keng Osiyoni bir zot chiqdi Magʼrur davongir. Ikki asr yarim dunyoni Sirqah etdi buyuk Jahongir. Aytgun bu kun u manim manim. Oʼzbekiston vatanim manim. Aytgun bu kun u manim manim. Oʼzbekiston Vatanim manim. Koʼp Jahongir koʼrgan bu dunyo. Hammasiga guvoh yer osti. Lekin doʼstlar sheʼr ahli aro Jahongiri kam boʼlar, rost. Besh asrkin nazmiy saroyni Titratadi zanjirband bir sheʼr. Temur tigʼi yetmagan joyni Qalam bilan oldi Alisher. Dunyo boʼldi chamanim manim. Oʼzbekiston vatanim manim. Dunyo boʼldi chamanim manim. Oʼzbekiston Vatanim manim. Savol koʼrma hech qachon oʼlkam. Savol boʼlma shu yashing bilan. Muzaffar boʼl, gʼolib boʼl, oʼktam doʼstu yoring, Qardoshing bilan. Asrularning silsilasida Oqib turgay koshonang sening. Ulugʼ bashar oilasida Mangu yorugʼ peshonang sening. Mangu yorugʼ maskanim manim. Oʼzbekiston vatanim manim. Mangu yorugʼ maskanim manim. Oʼzbekiston Vatanim manim.
Bahrom Nazarov — O'zbekiston vatanim manim
«O'zbekiston vatanim manim» — Bahrom Nazarov. Читайте текст песни и подпевайте с караоке-подсветкой: строки текста подсвечиваются в такт музыке. Слушайте онлайн бесплатно или скачайте mp3. Длительность записи — 5:43. Жанр — Поп.
