Текст песни
Bevafa ortidan chopgandan ko'ra, Ayriliq o'tida kuyganing yaxshi. Haramdan davlating topgandan ko'ra, Lay qorib kunda g'isht quyganing yaxshi. Ko'cha-ko'yda serob bag'ringni yoqqan, Kimdir ko'zin suzib, kim qoshin qoqqan. O'zganing yoriga suqilanib boqqan, Behayo ko'zlaring uyganing yaxshi. G'iybatga vaqting bor, ibodatga yo'q. Ishratga vaqting bor, ziyoratga yo'q. Bugun usting butun, bugun qorning to'q. Sen uchun muhimi to'yganing yaxshi. G'iybatga vaqting bor, ibodatga yo'q. Ishratga vaqting bor, ziyoratga yo'q. Bugun usting butun, bugun qorning to'q. Sen uchun muhimi to'yganing Yaxshi. Milliy orli libos endi ertaklar. Orzularing Yevropaga yetaklar. Yirtiq yamoq, shimlar, kalta yetaklar. Hartugul shuni ham kiyganing yaxshi. Ma ota-onangdan xabar olarsan. Holidan goho bexabar qolarsan. To'rt ta non ol bordim deb jar solarsan. Indama tilingni siyganing yaxshi. G'iybatga vaqting bor, ibodatga yo'q. Ishratga vaqting bor, ziyoratga yo'q. Bugun usting butun, bugun qorning to'q. Sen uchun muhimi to'yganing yaxshi. G'iybatga vaqting bor, ibodatga yo'q. Ishratga vaqting bor, ziyoratga yo'q. Bugun usting butun, bugun qorning to'q. Sen uchun muhimi to'yganing yaxshi. Tanla yo'l, vaqting bor halovatga yo'l. Omading, baxting bor saodatga yo'l. Bugun salomatsan, bugun xushyor bo'l. Haq so'zini dildan tuyganing yaxshi. G'iybatga vaqting bor, ibodatga yo'q. Ishratga vaqting bor, ziyoratga yo'q. Bugun usting butun, bugun qorning to'q. Sen uchun muhimi to'yganing yaxshi.
Bahrom Nazarov — G'iybat
«G'iybat» — Bahrom Nazarov. Читайте текст песни и подпевайте с караоке-подсветкой: строки текста подсвечиваются в такт музыке. Слушайте онлайн бесплатно или скачайте mp3. Длительность записи — 4:08. Жанр — Поп.
