Текст песни
Sog'inchdan yuragim to'ldi alamga. Oy ham yoritolmas bu tunlarimni. Quvonchdan sig'masdi oh keng olamga. Onam ko'rganida shu kunlarimni. U zamon menda hech imkon yo'q edi. Onam bor-ku deya ko'nglim to'q edi. Yuragimda zarra armon yo'q edi. Onam ko'rganida shu kunlarimni. Mehrini nur kabi sochgan bo'lardi. Peshonamdan o'pib uchgan bo'lardi. Mendan-da balandroq uchgan bo'lardi. Onam ko'rganida shu kunlarimni. Shu kunlarni onam kutgandir osa. Meni deb dard azob yutgandir osa. Quvonchdan yig'lardi bag'riga bosa. Onam ko'rganida shu kunlarimni. Ona sizga borim, Sizga hurmatim. Sizsiz tatimas hech shon-u shuhratim. So'nardi qalbimda mungli hasratim. Qaniydi ko'rganingizda shu kunlarim. Bugun jondan o'tdi bu hayot dasta. Orangizda bo'lsa ko'nglim sinmasdi. Bir o'zin qarsagi ovoz tinmasdi. Onam ko'rganida shu kunlarimni. Mehrini nur kabi sochgan bo'lardi. Peshonamdan o'pib uchgan bo'lardi. Mendan-da balandroq uchgan bo'lardi. Onam ko'rganida shu kunlarimni.
Bahrom Nazarov — Onam ko'rsaydi
«Onam ko'rsaydi» — Bahrom Nazarov. Читайте текст песни и подпевайте с караоке-подсветкой: строки текста подсвечиваются в такт музыке. Слушайте онлайн бесплатно или скачайте mp3. Длительность записи — 3:21. Жанр — Поп.
