Текст песни
Kirmoqchi bo'larlar yuragimgacha. Noxushlik qilsam-da, maqtab tonggacha. Kirmoqchi bo'larlar yuragimgacha. Noxushlik qilsam-da, maqtab tonggacha. Xudo ko'rsatmasin, yiqilsam Agar. Mening atrofimdan qochganlar qancha? Barchani muzlatgan qorsan, deydilar. Yaxshiyam dunyoda borsan, deydilar. Lochin yo'lda qolar sorsan, deydilar. Qarang, osmonimda uchganlar qancha. Sirimni o'g'irlab, mehrim o'g'irlab, Xatoim to'g'irlab, dilim sehrlab, Kelib qulog'imga asta pichirlab, Yechilmas tugunni yechganlar qancha? Dardlarim yotadi titrab tanamda. Bitirar ishini ko'ngilxonamda jigardan yaqinim deb Ostonamda maqtab sharobimni ichganlar Qancha? Maqtab sharobimni ichganlar qancha? Pishandim ko'zdagi yashlari nartib, Ketgan yaqinlarim kelganda qaytib, Belimda kuch qolmay qolsam gar qari, Darrov kafanimni bichganlar qancha? G'iybat eshigini yumdim qiynalib. Yotguncha ming bora ketdim laylanib. Sochi suluvlarga qolsam boylanib. Yana shu eshikni ochganlar qancha? Yana shu eshikni ochganlar qancha? Ko'plarin bilmaysiz dardim ichinda. Dard bor san'atimdan olgan kuchimda. Ko'plarin bilmaysiz dardim ichinda. Dard bor san'atimdan olgan kuchimda. G'am bilan to'qnashgan har bir kunimda bir-bir Xayolimdan o'tganlar qancha? O'shalganimlarga zo'rlik qilmayman. Omonlik tilayman, sog'lik tilayman. Bilmaysiz do'stlarim, men ham bilmayman. Sodiq do'stlaridan kechganlar qancha? Bilmaysiz do'stlarim, men ham bilmayman. Sodiq do'stlaridan kechganlar qancha? Maqtab sharobimni ichganlar qancha? Darrov kafanimni bichganlar qancha? Muhammad omamdan kechganlar qancha? So'zlarning zarbidan yuragim xira. Lekin men ulardan tonmayman sira. Chunki atrofimda ulardan ko'ra menga o'z Mehrini sochganlar ancha.
Ozodbek Nazarbekov — Qancha (live)
«Qancha (live)» — Ozodbek Nazarbekov. Читайте текст песни и подпевайте с караоке-подсветкой: строки текста подсвечиваются в такт музыке. Слушайте онлайн бесплатно или скачайте mp3. Длительность записи — 5:07. Жанр — Поп.
