Текст песни
Ajrashdilar ikki yonga ikki ko'ngil. Ayro bo'ldi har tomonga ikki ko'ngil. Ayrilmoqlik bu zamonda bo'ldi yengil. Kimga og'ir? O'rtadagi qaro ko'zga, qaro ko'zga. Biri deydi boshim uzra ochiq osmon. O'zimga xon, o'zimga bek, o'zim sulton. Ayrilmoqlik bu zamonda bo'ldi oson. Kimga qiyin? O'rtadagi qaro ko'zga, qaro Ko'zga. Kitoblarda qolib ketdi ahdu vafa. Bevafolik bo'ldi udum, bo'ldi vabo. Kimga maza bu bebashlik, kayfu safo. Kimga azob? O'rtadagi qaro ko'zga, qaro ko'zga. Onasidan Kecha olmasa nima qilsin? Otasidan kecha olmasa nima qilsin? Bu jumboqni yecholmasa nima qilsin? Bo'ldi armon o'rtadagi qaro ko'zga, Qaro ko'zga. Ana karlik, ana ko'zi ochiq ko'rlik. Sarson bo'ldi aro yo'lda bola sho'rlik. Bu ginalar, bu arazlar, bu mag'rurlik. Kimga jabr? O'rtadagi qaro ko'zga, qaro ko'zga. O'zlarining farag'ati muhim rosa. Ahdu paymon unutilgan yo'q murosa. Qani endi bittasi xo'p deya qolsa. Kimga quvonch? O'rtadagi qaro ko'zga, qaro ko'zga. Ajrashdilar ikki yonga ikki ko'ngil. Ikki ko'ngil.
Ozodbek Nazarbekov — Qora ko'zga
«Qora ko'zga» — Ozodbek Nazarbekov. Читайте текст песни и подпевайте с караоке-подсветкой: строки текста подсвечиваются в такт музыке. Слушайте онлайн бесплатно или скачайте mp3. Длительность записи — 3:46. Жанр — Поп.
