Текст песни
Bu yurtda allasiz tong otmas, Sof oltin meroslar zanglamas. Bu yurtda allasiz tong otmas, sof oltin Meroslar zanglamas. Chin san’at til, millat tanlamas. Chin san’at til, millat tanlamas. Sahnlar gardini o’pganlar, san’atdan Baxtini topganlar. Sahnlar gardini o’pganlar, san’atdan Baxtini topganlar. Aylanar charxbalak yil zamon, o’tilar Ustozlar xush zabon. Aylanar charxbalak yil zamon, o’tilar Ustozlar xush zabon. Shogirdlar ko’ksida faxr, shon. Guvoh bo’l tabarruk maskanlar, Sahnadan baxtini topganlar. Guvoh shul tabarruk maskanlar, Sahnadan baxtini topganlar. Dillarga ulashib zavq, surur. Mashaqqat, zaxmatga dosh berur. Dillarga ulashib zavq, surur. Mashaqqat, zaxmatga dosh berur. Lazzati ah shirin dard erur. Bol izlab tikan gul o’pganlar, Uyqusiz oromlar topganlar. Bol izlab tikan gul o’pganlar, Uyqusiz oromlar topganlar. Ijot deb kechayu kunduzlar, rassom, Ziyod, aktyor, hofizlar. Ishq ahli elarga muxlislar. Hasratlar eshigin yapganlar, san’atdan Baxtini topganlar. Orzular taqida qolmishlar, qanoat Darsini olmishlar. Ko’ngilga qo’zg’olon solmishlar. Sahnlar gardini o’pganlar, San’atdan baxtini topganlar. Qalblarni to’ldirib navaga, Avjingiz yetsin ey samoga. O’zbekni taniting dunyoga. Ko’hna yurt tuprog’in o’pganlar, San’atdan baxtini topganlar. O’zbekni taniting dunyoga. Ko’hna yurt tuprog’in o’pganlar, San’atdan baxtini topganlar. Bu yurtda allasiz tong otmas, Sof oltin meroslar zanglamas. Chin san’at til, millat tanlamas. Chin san’at til, millat tanlamas. Sahnlar gardini o’pganlar, san’atdan Baxtini topganlar. Sahnlar gardini o’pganlar, san’atdan Baxtini topganlar.
Ozodbek Nazarbekov — San'atdan baxtini topganlar
«San'atdan baxtini topganlar» — Ozodbek Nazarbekov. Читайте текст песни и подпевайте с караоке-подсветкой: строки текста подсвечиваются в такт музыке. Слушайте онлайн бесплатно или скачайте mp3. Длительность записи — 4:29. Жанр — Поп.
