Текст песни
Nochor qushni ahvoliga boqmas qiyo, Zarra qilgan amallari faqat riyo. O'zingizdan kim kimlarni yasab go'yo, Uzunu tunni maqtab maqtab so'ylantirmang. Umrani ham sayohatga aylantirmang. Qorni to'qlar qorni ochning g'amin emas, Miskinlarga bizdan nima yordam demas. Makka tillo sizga Dubay Parij emas, Bo'yingizni buncha baland bo'ylantirmang. Umrani ham sayohatga aylantirmang. Umra borib hoji bo'lib qolarmisiz? Iman emas nafsga quloq solarmisiz? Paholatni o'zi to'g'ri olarmisiz? Joningizni bunchalar ham qiynantirmang. Umrani ham sayohatga aylantirmang. Hoji aka hoji ona deyishadi, Har kelganda ziyofatni yeyishadi. Kim kimligin lekin yaxshi bilishadi, Og'rimagan boshni buncha o'ylantirmang. Umrani ham sayohatga aylantirmang. Bu dunyoga bir kelib bir ketarmandek, Hamma orzu o'ylaringga yetarmandek. To'y qilishdan hammadan ham o'tarmandek, O'g'lingizni Madinada uylantirmang. Umrani ham sayohatga aylantirmang. Pullaringiz shunchalik ko'p bo'lsa agar, Miskinlarga ehson qiling imkon qadar. Umra sizga to'yxon emas har bir safar, Borib kelay deya suvi loylantirmang. Umrani ham sayohatga aylantirmang. Akangizdan hol ahvolin so'rdingizmi? Nochor uka yashashin bir ko'rdingizmi? Siylay rahim qilmay hoji bo'ldingizmi? Qular qolib safarga yuk joylantirmang. Umrani ham sayohatga aylantirmang. Sizdan umid tilab turgan yarim ko'ngil, Ijarada yashab yurar yolg'iz singil. Igalarni unutganda bugun butkul, Odamman deb tilingizni so'ylantirmang. Umrani ham sayohatga aylantirmang. Bozorlarda yolg'onni suvday simirib, O'zgalarning haqqini qurtday kemirib. Bugun to'lish sizni ancha semirib, Nafsni deya imonsin loylantirmang. Umrani ham sayohatga aylantirmang. Ijtimoiy tarmoqda taqvodor bo'lib, Qo'ygan suratlaringiz maqtovga to'lib. Yuzda niqob bilan tirjayib kulib, Shaytonni ham bir chekkada o'ylantirmang. Umrani ham sayohatga aylantirmang. Elga ko'z-ko'z qilib pullarin sochib, Ba'zilari uyalmas avratin ochib. Qiyomatda qayoqqa ketasiz qochib, Oy yuzman deb husningiz ko'p o'ylantirmang. Umrani ham sayohatga aylantirmang.
Shavkat Zulfiqor — Umrani ham sayohatga aylantirmang
«Umrani ham sayohatga aylantirmang» — Shavkat Zulfiqor. Читайте текст песни и подпевайте с караоке-подсветкой: строки текста подсвечиваются в такт музыке. Слушайте онлайн бесплатно или скачайте mp3. Длительность записи — 4:39. Жанр — Поп.
