Odamning yomoni yomon bo'larkan
Odamning yomoni yomon bo'larkanТекст песни
Har kimsa har qaysi tomon bo'lar ekan. Oqibat aybdor zamon bo'lar ekan. Besh kunlik dunyoda bilganim do'stlar. Odamning yomoni yomon bo'lar ekan. Birovning qalbini bo'lmaydi bilib. Qiylisan ustingdan ketar ekan kulib. Hattoki shaytonga ustozlik qilib. Odamning yomoni yomon bo'lar ekan. Ko'karsan ko'rolmay chopib ketarlar. Ishongan eshikni yopib ketarlar. Bir kuni Xudodan topib ketarlar. Odamning yomoni yomon bo'lar ekan. Sirtiga chiqarmas ichda olasin. Hasaddan noqargan soching tolasin. Naxotki hammasi odam bolasi. Odamning yomoni yomon bo'lar ekan. Jigar deb jigaring yemirsan deydi. Sichqondek boringni yemirsan deydi. Bir kuni o'zlari o'z boshini yeydi. Odamning yomoni yomon bo'lar ekan. Qo'l bersang yulgaylar boringni olib. So'rmasdan cho'ntakka mirqo'l solib. O'likdan qo'rqmaylik tiriklar qolib. Odamning yomoni yomon bo'lar Ekan. Siringni bilib olsa dunyoga aytgan. Bezbezlik shunchalar oson bo'lar ekan. Ko'rolmas qasamkor Xudodan qochgan. Odamning yomoni yomon bo'lar ekan. Momardlar qasdidan asra Xudoyim. Ne qilsa o'zidan torsin Iloyim. Besh qo'lki barobar bo'lmagan doim. Odamning yomoni yomon bo'lar ekan. Har kimsa har qaysi tomon bo'lar ekan. Oqibat aybdor zamon bo'lar ekan. Besh kunlik dunyoda ko'rganim do'stlar. Odamning yomoni yomon bo'lar ekan.
Shavkat Zulfiqor, Nurzida Isayeva — Odamning yomoni yomon bo'larkan
«Odamning yomoni yomon bo'larkan» — Shavkat Zulfiqor, Nurzida Isayeva. Читайте текст песни и подпевайте с караоке-подсветкой: строки текста подсвечиваются в такт музыке. Слушайте онлайн бесплатно или скачайте mp3. Длительность записи — 3:33. Жанр — Поп.
